“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:27
ЎЗO‘Z

Tintuv vaqtida Samarqand viloyat sobiq hokimining temir sandig‘ida 1 million dollar naqd pul borligi aniqlandi…

20 iyul, 17:56 24 680 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tintuv vaqtida Samarqand viloyat sobiq hokimining temir sandig‘ida 1 million dollar naqd pul borligi aniqlandi… Samarqand viloyati sobiq hokimi Turob Jo‘rayev qo‘lga olingach, besh kun ichida yana 28 ta qurilish kompaniyalari rahbarlari ham qamoqqa olindi. Hozir ular tergovga jalb etilgan. O‘nlab qurilish kompaniyalari rahbarlari imi-jimida mamlakatdan chiqib ketgan.

Ayni vaqtda Samarqand viloyatida davlat xavfsizlik xizmati rahbari Ixtiyor Abdullayev, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda bosh prokuror Otabek Murodovlar nazorati ostida uchta guruh ish olib bormoqda. Samarqand viloyati sobiq hokimi Turob Jo‘rayevga pora bergan jami 28 ta qurilish kompaniyalari yetakchilari so‘roq qilinmoqda. Shubhasiz, pora viloyat hududida, shahar ichkarisida ko‘p qavatli uylar qurish uchun yer ajratib berish yoki ajratilgan yerdan foydalanishga ruxsat berishi uchun taqdim etilgan. Turob Jo‘rayevning sobiq kapital qurilish ishlari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari O‘tkir Abdullayevga nisbatan biroz yengillik yaratildi. U tergovga o‘z uyidan qatnamoqda. Ammo ishga chiqqani yo‘q.

— Ularning dastidan Samarqanddagi eng noyob tarixiy obidalar yo‘q qilinish pallasiga kelib qolgandi, — dedi huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlaridan biri. — Bu sobiq hokimni umuman qiziqtirmasdi. Axir, sayyohlar ko‘p qavatli zamonaviy uylarni emas, o‘sha tarixiy obidalarni tomosha qilish uchun Samarqandga tashrif buyuradi-ku!..

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakili aytdiki, tekshiruvlar natijasida 3 ming 458 ta «quruq» kompaniyalar borligi aniqlandi. «Quruq» deyilishining ma’nisi shundaki, bu kompaniyalar faqat qog‘ozda bor, ularning banklarda hisob raqamlari ham yo‘q. Barchalari qurilish kompaniyalari hisoblanib, faqat harom pul topish uchun viloyat rahbarlarining koriga yaragan. Hozirda o‘sha qurilish kompaniyalarining o‘nlab rahbarlari go‘yoki dam olish uchun Turkiya, Rossiya, Ispaniya, Chexiya davlatlariga jo‘nab ketgan. Ular qaytmaydi. Sababi, qilib qo‘ygan harom ishlari oshkor bo‘lganini juda yaxshi biladi.

Turob Jo‘rayev kompaniyalar rahbarlaridan pora undirganlarini tan oldi…

Turob Jo‘rayevning qarindoshlaridan biri aytdiki, sobiq viloyat hokimi qandli diabet va nafas yo‘llari xastaliklaridan azoblanmoqda. U tergov izolyatorida juda og‘ir sharoitlarda saqlanmoqda va tergov qilinmoqda.

Shu o‘rinda bir gapni aytgisi keladi odamning. Temir sandiqdagi o‘sha 1 million dollar pul halol bo‘lsa, sobiq hokim xastalikka yo‘liqmasdi, huquqni muhofaza qilish tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik uni poraxo‘rlikda va boshqa ayblar bilan ayblamasdi. Harom, baribir harom-da! U bir kunmas bir kun baribir teshib chiqadi. Tarixda mashhur bir sarkarda podshohlardan biri aytganki, narigi dunyoga hech kim to‘plagan boyligi uyoqda qolsin, bir chimdim qumni ham ko‘tarib keta olmaydi. Yaratganning huzuriga quruq qo‘l bilan boradi. Ishqilib, xudoning bandalarini haromxo‘rlikdan asrasin!

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar