“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

13 iyul, 21:53 9 713 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘z yakuniga yetdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda "Zarafshon" nashri xabar berdi.

Shu paytgacha ishlab kelgan Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi.

Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich – 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1991-1995 yillarda «O‘zsanoatqurilishbank»ning Sirdaryo filialida bo‘lim mutaxassisi, «O‘zsanoatqurilishbank»ning Zarafshon bo‘limi pul muomalasi bo‘limida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Zarafshon bo‘limi boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan.

1995-1996 yillarda Zarafshon shahri hokimi bo‘lgan. 1996 yildan 2000 yilgacha O‘zbekiston Milliy banki Navoiy bo‘limi boshqaruvchisi, 2000-2008 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan.

2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bo‘lib ishlagan. 2016 yil dekabridan shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar