“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 22:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda go‘sht, guruch va spirtli ichimliklar qimmatlashdi

30 iyun, 08:02 6 760 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda go‘sht, guruch va spirtli ichimliklar qimmatlashdi 2018 yil iyun oyida O‘zbekistonda go‘sht mahsulotlari, guruch va spirtlik ichimliklarning narxi ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi “Xalq so‘zi“ga ma’lum qildi.

Ammo, boshqa turdagi mahsulotlarning narxidagi pasayish tufayli joriy yil hisobidan birinchi marta iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish kuzatilgan bo‘lib, iste’mol sektoridagi deflyatsiya darajasi oy davomida 0,4 %ni tashkil etdi.

Oy davomida tovarlar narxi o‘rtacha 0,6 %ga pasaygan bo‘lsa, xizmatlar esa aksincha, 0,3 %ga qimmatlashgan.

Iste’mol sektorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining pasayishi natijasida deflyatsiya holati qayd etilgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar narxlarida esa aksincha, inflyatsion jarayonlar kuzatildi.

2018 yilning iyun oyida non mahsulotlari o‘tgan oyga nisbatan 4,8 foizga, go‘sht va parranda go‘shti 4,3 foizga, spirtli ichimlik 1,0 foizga o‘sgan bo‘lsa, tuxum 2,6, meva va sabzavot mahsulotlari 18,2, shakar 2,3, yog‘ va moy mahsulotlari 0,2 foizga arzonlashgan

Non mahsulotlari qimmatlashishiga birinchi navbatda guruch narxining keskin o‘sishi sabab bo‘lgan. Iyun oyida guruch o‘tgan oyga nisbatan 22,9 foizga qimmatlashgan. Ammo loviya (2,2 foiz), no‘xat (1,5), va mosh (0,5) arzonlashgan. Go‘sht mahsulotlaridan qo‘y go‘shti 6,4, mol go‘shti 6,0, tirik va sovitilgan baliq 5,5, go‘sht qiymasi 4,7, suyaksiz mol go‘shti (lahm) 3,6 foizga qimmatlashgan. Parranda go‘shti (2,5 foiz) va tovuq boldiri (son qismi) 1,0 foiz) arzonlashgan.

Meva va sabzavot mahsulotlari ichida eng katta pasayish pomidor va bodringda kuzatilgan. O‘tgan oyga nisbatan pomidor 69,3 foizga arzonlashgan bo‘lsa, bodringda bu ko‘rsatkich 64,9 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, kartoshka 38,9, sarimsoq piyoz 16,7, olma va bananlar 10,6, piyoz 10,3 va nok 2,5 foizga arzonlashgan. Ammo bu davrda sabzi 27,3, karam 25,2, sitrus 4,0 va quruq mevalar 2,0 foizga qimmatlashgan.

Spirtli ichimliklar narxlarining qimmatlashishining asosiy sabablaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 5 mart kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3583-son Qaroriga asosan 2018 yilning 1 iyunidan boshlab pivo va aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadlariga yo‘naltirilgan qo‘shimcha to‘lovlarning joriy qilinganligi ko‘rsatilgan.

Biroq, shuni alohida qayd etish lozimki, joriy yilning iyun oyi davomida spirtli ichimliklar chakana savdosi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi aksariyat korxonalar o‘zlaridagi qoldiq mahsulotlarini o‘zgarmagan narxlarda sotgan. Spirtli ichimliklar narxlariga qo‘llanilgan qo‘shimcha to‘lovlar ikkinchi yarim yillikdan boshlab ushbu tur mahsulotlar narxiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 50
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 59
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 115
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 0
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 11
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 26
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 41
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 87
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 281
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 52
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 52
  • SSKA afsonasi Akinfeyev Fayzullayevga nega tanbeh berdi? 23 apr, 18:58 225
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 73
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 119
  • Bo‘limlar