“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 17:29
ЎЗO‘Z

Davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish boshlandi

29 iyun, 20:11 6 890 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish boshlandi Mavjud soliq tizimida eskirgan uslub va prinsiplarga asoslangan ish faoliyati - soliq bazasini kengaytirish va soliq yig‘iluvchanligini oshirishni ta’minlash imkonini bermadi, mazkur sohada o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolarning mavjudligi tizim samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Kadrlarni tanlash va joyiga qo‘yishda bilim va professional qobiliyati emas, balki tanish-bilishchilik, tamagirlik illatlari mavjudligi korrupsiya rivojlanishiga sharoit yaratgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-sonli qarori qabul qilinib, unga muvofiq soliq idoralarida korrupsiyaviy jihatlarga barham berish maqsadida, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalarining faoliyati tugatildi.

Bugungi kunda davlat soliq xizmati organlariga malakali kadrlarni tanlash bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasida Respublika ishchi guruhi tashkil etildi va ishga kirish istagini bildirgan fuqarolarni ishga qabul qilish jarayoni boshlandi.

Buning uchun soliq.uz yoki my.soliq.uz saytlari orqali rezyume hamda ishga kirish motivatsiyasi (maqsadi)ni elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratildi.

“Bundan buyon soliq organlariga ishga kirishda tubdan yangicha tizim - adolatlilik, shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi va ishga kirish yuzasidan qilingan murojaatlar to‘liq ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi”, deyiladi KUN.UZ’ga taqdim etilgan ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 0
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 0
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 44
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 33
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 0
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 1
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 0
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 2
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 11
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 42
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 19
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 78
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 17
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 411
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 76
  • Bo‘limlar