“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi

26 iyun, 09:04 6 664 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi Shu yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan yangi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar — Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovga zarur barcha vakolatlar berilishi, mazkur vazirlik — eng muhim vazirlikka aylantirilishi ma’lum qilingan edi.

O‘zbekiston Prezidenti yangi vazirni lavozimga tayinlash paytida unga Xalq ta’limi vazirligining kadrlarini tubdan yangilash bo‘yicha topshiriq bergan edi. «Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan.

Yig‘ilishda Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligining asosiy maqsadi barkamol avlodni yetishtirish etib belgilangani, tizimda mehnat qiluvchi xodimlar ana shu maqsaddan og‘ishmasligi kerakligini alohida uqtirgan.

Sherzod Shermatovning qayd etishicha, vazirlik faoliyati quyidagi uchta tamoyilga asoslanadi: sifat, adolat va shaffoflik. «Mana shu maqsad va uchta asosiy tamoyil bo‘yicha ishlay oladigan odamgina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan xayrlashamiz», deb aytgan Xalq ta’limi vaziri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 191
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 120
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 197
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 107
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 99
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 9
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 229
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 74
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 81
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 112
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 103
  • Bo‘limlar