“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:48
ЎЗO‘Z

Yangi 5 ta klip «behayo qiliqlar» va boshqa xatolar tufayli badiiy kengash tomonidan rad etildi

24 iyun, 23:26 8 292 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi 5 ta klip «behayo qiliqlar» va boshqa xatolar tufayli badiiy kengash tomonidan rad etildi Foto: «O‘zbekkonsert»
21 iyun kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda yetti xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kengash a’zolari xonanda Aziz Rametov ijro etgan Derin Deniz deb nomlangan qo‘shiq (turk tilida) xususida fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, ushbu qo‘shiqning musiqasi atroflicha muhokama etilib, A.Rametov uni aynan turk tilida ijro etgani sababli qo‘shiq muallifidan rozilik olishi shartligi uqtirildi. Unga ishlangan videoklipdagi tasvirlarda o‘zbek milliy mentalitetiga mos bo‘lmagan xatti-harakatlar, beo‘xshov va behayo qiliqlar, ma’naviyatga zid holatlarning tasviri, ommaviy madaniyat targ‘ibotining kuchliligi, yoshlarning ongini zaharlovchi g‘oyalar ilgari surilgani bois ushbu klip bir ovozdan rad etildi. Aziz Rametovga ushbu qo‘shiq uchun muallifdan ruxsat va qaytadan klip olish tavsiya etildi.

Husan Tojimirzayev ijro etgan «Layli» qo‘shig‘iga ishlangan videoklip boshlanishidagi dialogda so‘zlarning nojoiz ishlatilgani aytib o‘tildi va ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan so‘ng, kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.

Xudoyor Alimov tomonidan «Ishq» deb nomlangan videoklipning she’r matni, ijrosi va musiqasi jihatidan talabga javob berishi, klipda badiiy yaxlitlik o‘z ifodasini topganligi bois efirga uzatishga tavsiya berildi.

Sabina Mamatqulova ijro etgan «Orzu» qo‘shiq matni she’riyat talablariga mutlaqo javob bermasligi, «jodu» so‘ziga «orzu» so‘zining qofiyadosh qilib takror va takror qaytariq tarzida kuylangani, klip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi tufayli bu videoklip ham Kengash a’zolari tomonidan rad etildi.

Abror Azizov kuylagan «Do‘st» qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi tasvirlar nihoyatda g‘aliz va beo‘xshov, qo‘shiq matniga tasvir vositalarining zidligi, qolaversa, klipdagi dialoglar bachkana so‘zlardan iboratligi bois rad etildi. Xonanda Navruz Sobirov ijro etgan «Botti-botti» qo‘shig‘i matni jihatidan juda g‘arib va sayozligi, qo‘shiqda g‘arbga taqlid kuchli ekanligi, milliylikdan uzoq, qadriyatlarga mutlaqo zid tasvirlar mavjudligi e’tirof etilib, ushbu videoklip ham rad etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 288
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar