“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 17:25
ЎЗO‘Z

Deputat Google, Facebook, Instagram kabi IT-kompaniyalarga soliq joriy qilishni taklif qildi

22 iyun, 08:30 3 771 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Deputat Google, Facebook, Instagram kabi IT-kompaniyalarga soliq joriy qilishni taklif qildi Qirg‘iziston parlamenti deputati Ruslan Kazakbayev Facebook, Google, Instagram kabi yirik IT-kompaniyalarga soliq joriy qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u parlament majlisida bayonot berdi.

“2017 yilning 1 yanvaridan Rossiyada Googlega soliq joriy qilingan. Bu qonun elektron formada xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalariga qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashni ko‘zda tutadi. Hammamiz yaxshi bilamizki, ko‘plab firmalar o‘z tovar va xizmatlarini Facebook, Google, Twitter va Instagramda sotish uchun millionlab dollar sarflashadi. Masalan, har bir universitet har oyda internetdagi reklama uchun 500 dollar sarflaydi. Agar bitta universitet shuncha pul sarflar ekan, tijorat kompaniyalarning qancha sarflashini o‘zingiz hisoblab ko‘ravering”, - dedi Kazakbayev.

Ruslan Kazakbayevning ta’kidlashicha, kompaniyalar bank orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro firmalarga pul o‘tkazadi va shu sababli Qirg‘iziston Rossiya tajribasini qo‘llashi kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun kuchga kirganidan so‘ng o‘tgan uch oy mobaynida Rossiya byudjetiga 2 milliard rubl tushgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada internet orqali dasturiy ta’minot va boshqa kontentni sotadigan xorijiy kompaniyalar 18 foiz miqdorida QQS to‘laydi. Markaziy Osiyo mintaqasi respublikalari orasidan birinchi bo‘lib yirik internet-kompaniyalarini soliqqa tortish taklifi Tojikiston Aloqa xizmati rahbari Bek Zuhurov tomonidan ilgari surilgan edi. Ammo mamlakatda bu masala so‘zligicha qolib ketdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 0
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 0
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 0
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 0
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 0
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 34
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 96
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 69
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 114
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 40
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 153
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 70
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 43
  • Bo‘limlar