“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 21:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turida eng ko‘p nomzod “Milliy tiklanish”dan ishtirok etadi

25 dek, 14:51 8 017 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston parlament saylovlarining ikkinchi turida eng ko‘p nomzod “Milliy tiklanish”dan ishtirok etadi O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha 22ta saylov okrugida nomzodlarning birortasi ham saylanish uchun zarur ovozni to‘play olmadi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan MSK mazkur okruglarda 2015 yil 4 yanvar kuni takroriy ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatilarida va Toshkent shahrida 1tadan, Namangan, Toshkent viloyatlarida 2tadan, Farg‘ona viloyatida 3ta, Surxondaryo viloyatida 5ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Saylov qonunchiligiga binoan, takroriy ovoz berish 22ta saylov okrugining har birida asosiy saylovda saylovchilarning eng ko‘p ovozini olgan ikki nafar deputatlikka nomzod bo‘yicha o‘tkaziladi. Unga muvofiq, “Milliy tiklanish” partiyasidan 15 nafar, Xalq demokratik partiyasidan 11 nafar, O‘zLiDePdan – 9 nafar, “Adolat”dan 9 nafar nomzod bo‘yicha takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod saylangan deb hisoblanadi. “MSKning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi va takroriy ovoz berishga tegishli qarorlari matbuotda e’lon qilinadi”, – dedi Svetlana Ortiqova.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 59
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 33
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 75
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 81
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar