“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:06
ЎЗO‘Z

Uylanganlar uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishi ma’lum qilindi

18 iyun, 00:15 6 043 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uylanganlar uylanmaganlardan qanchalik sog‘lom bo‘lishi ma’lum qilindi Uylanganlar va uylanmaganlar o‘rtasidagi farq nimada ekani xususida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Albatta, ularning oila qurgan yoki qurmaganligida. Ammo, Karnegi-Mellon universiteti ruhshunoslari shu ikki toifa insonlarning yana bir jihatini ham aniqlashdi. Uylanganlar uylanmagan erkaklarga qaraganda sog‘lomroq bo‘lishadi, deyishmoqda tadqiqotchilar. Olimlarning fikricha, oilali erkaklarning stress gormoni kortizol darajasi oila qurmagan yoki ajrashganlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ilmiy izlanish natijalari Psychoneuroendocrinology jurnalida e’lon qilindi.

Tadqiqotchilar uch kun mobaynida har 24 soatda 21–55 yoshdagi 572 nafar ko‘ngillilarning so‘lagidan namunalar olishdi. Nikohda bo‘lgan ishtirokchilarning kortizol miqdori boshqalarnikidan pastroq edi. Olimlar, shuningdek, ko‘ngillilarning kortizoli darajasi qanchalik o‘zgarishini ham tekshirishgan. Odatda, kortizol ertalab yuqori bo‘ladi va kun davomida pasaya boradi. Oilalilarda bu jarayon tezroq yuz beradi. Bu esa, yurak xastaliklari ehtimoli kamayishi va saraton xastaligiga uchragan bemorlarning ham ko‘proq yashashiga sabab bo‘ladi.

Kortizol darajasi stress, asabbuzarlik kabi ko‘ngilsizliklar tufayli oshadi. Bu o‘z navbatida vaqti kelib turli xil salbiy oqibatlar, xususan, bosh miya xujaylarining kichrayishi, asabiy buzilishlar kabilarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, tadqiqot natijasiga ko‘ra, uylanmagan insonlar asabbuzarlikni oilalarga nisbatan og‘irroq kechiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 167
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 118
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 137
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 117
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 122
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar