“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 22:57
ЎЗO‘Z

WhatsApp asoschilari Facebook’ning 1,3 mlrd dollarlik aksiyalaridan mahrum bo‘lishdi

08 iyun, 06:00 3 547 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
WhatsApp asoschilari Facebook’ning 1,3 mlrd dollarlik aksiyalaridan mahrum bo‘lishdi WhatsApp asoschilari Yan Kum va Brayan Ekton Facebook’ni tark etganlaridan keyin kompaniyaning 1,3 mlrd dollarlik aksiyalari paketini qo‘ldan chiqarishdi. Bundan The Wall Street Journal nashri jurnalistlari xabar topishgan.

Kompaniyani 2018 yil may oyida va 2017 yil sentyabrda tark etgan Kum va Ekton 1,3 mlrd dollar miqdoridagi mukofot pulidan ayrilishgan. Kum kompaniyaning 400 mln dollarlik, Ekton esa 900 mln dollarlik aksiyalarini olishlari mumkin edi. Shartnomaga ko‘ra agar mutaxassislar kompaniyada 2018 yil noyabrigacha ishlab berganlarida ushbu aksiyalarni olishardi.

Ma’lum qilinishicha, Kum va Ekton Sukerberg kompaniyasini rahbariyat bilan kelishmovchilik sababli tark etishgan. Bunga esa ular WhatsApp ishlay boshlagandan beri messenjerda reklama bo‘lmasligi g‘oyasini bildirishgani sabab bo‘lgan. Reklamaviy integratsiyalar hisobiga ishlovchi ijtimoiy tarmoq bunga rozi bo‘lmagan.

“Feysbuk”dagi manbalarning ma’lum qilishicha, Kum va Ekton kompaniyadagi tartibdan norozi bo‘lgan. Misol uchun, shovqin, kichik ishchi stollar va noqulay kursilar ularning asabiga tekkan.

WhatsApp 2014 yil oktyabrda “Feysbuk” nazoratiga o‘tgan. Facebook messenjer uchun 16 mlrd dollar to‘lagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 66
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 64
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 205
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 64
  • O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni jadallashtiradi 11 apr, 21:47 69
  • Yaqin kunlarda valyutalar kursi qanday o‘zgaradi? 09 apr, 18:39 187
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 0
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 5
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 58
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 103
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 48
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 76
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 194
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 153
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 66
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 333
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 45
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 158
  • Bo‘limlar