“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi

08 iyun, 00:50 4 357 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 iyun kuni kechqurun Xitoyning Sindao shahriga yetib boradi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov Sindaoda jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda ma’lum qildi.

Prezident 9-10 iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

«Davlatimiz rahbari 9 iyun kuni Xitoy Xalq respublikasi rahbari Si Jinping, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

ShHT sammitining asosiy tadbirlari 10 iyun kuniga belgilangan. Bu yilgi sammitning o‘ziga xos tomoni shundaki, u bu safar ilk bor «sakkizlik» formatida o‘tkaziladi.

Sindaoda tashkilotga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari avval tor doirada, keyin kuzatuvchi maqomidagi davlatlar yetakchilari bilan birgalikda keng doirada muzokaralar o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvlarda siyosat, xavfsizlik, savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakunida qator ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanadi.

Jumladan, Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

2018-2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kuni Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn hamda BMT rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Xalqaro anjumanlardagi tajribadan kelib chiqib, yana qo‘shimcha uchrashuvlar bo‘lishi mumkinligini ham istisno qilmaymiz. Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tadigan uchrashuv va tadbirlar haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar berib boramiz», dedi Komil Allamjonov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 216
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 251
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 56
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Bo‘limlar