“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:17
ЎЗO‘Z

To‘y va marosimlarda xizmat qiladigan xonandalar daromadiga soliq solish haqida

07 iyun, 23:10 6 632 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘y va marosimlarda xizmat qiladigan xonandalar daromadiga soliq solish haqida Mening fikrim veb-portalida to‘y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish haqida murojaat paydo bo‘ldi.

"To‘y va marosimlarda san’atkorlarning xizmat haqlari juda qimmat. Bu xizmat haqlari hech qayerda ko‘rsatilmaydi va bu daromadlar soliqqa tortilmaydi. Ularga soliqlardan berilgan imtiyozlarni bekor qilib qat’iy daromad solig‘ini joriy etish vaqti keldi.

Shunda adolatli bo‘lardi. Shu sababdan, to‘y va marosimlarda xonandalar xizmatlarini tartibga solish, shu turdagi xizmatlarni qonuniy asosini ishlab chiqish kerak. Buning uchun har bir to‘y va marosimga qonuniy shartnoma tuzilgan taqdirda qatnashishi zarur. Mazkur shartnomada xizmat haqi, iste’molchi va san’atkorning huquq va majburiyatlari, to‘y-marosim vaqti, manzili ko‘rsatilishi lozim.

San’atkorlarning shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalar (“O‘zbekkonsert”, Soliq inspeksiyasi, “Mahalla”, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi) tomonidan nazorat qilinishi lozim. Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, san’atkorlarning xizmat narxlarini nazorat qilish imkonsiz.

Ammo ularning olayotgan daromadlaridan soliq olinishi maqsadga muvofiq. Zero nogironligi bor shaxslar ham, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni sohiblari ham, kam daromadli shaxslar ham soliqlardan ozod etilmagan".

Murojaatda Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish va san’atkorlar uchun to‘y-marosimlarda faqat shartnoma asosida xizmat qilish tartibi joriy etilishi taklif qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 372
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 324
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 392
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 123
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 486
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar