“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:21
ЎЗO‘Z

Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi

07 iyun, 10:53 5 937 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, lavozimga qayta tayinlandi Toshkent shahridagi tumanlar hokimlari bir vaqtda lavozimdan ozod etilgan va shu vaqtning o‘zida Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qarori bilan o‘z tumanlariga hokim vazifasini bajaruvchi etib qayta tayinlangan.

Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, shundan 10 tasida hokimlarga ariza yozdirilgan, faqat Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov bundan mustasno. U 2017 yilning dekabridan buyon tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelmoqda.

«Kun.uz» ma’lumotiga ko‘ra, tumanlarda to‘rtta sektor boshliqlari ishdan olinib, vaqtincha v.b sifatida lavozimda qoldirilgan.

Ayni vaqtda tumanlar rahbarlari:
Bektemir tumani - Shopo‘lat Shorahmatovich Asqarov (...)
Mirzo Ulug‘bek tumani - Shavkatbek Turdiyevich Irgashev (shu yilning aprelidan buyon)
Mirobod tumani - Shuhrat Abdujabborovich Po‘latov (2017 yil aprelidan buyon)
Olmazor tumani - Baxtiyor Sultonovich Rahmonov (shu yilning mayidan buyon)
Sergeli tumani - Nozim Baxtiyorovich Husanov (shu yilning mayidan buyon)
Uchtepa tumani - Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov (shu yilning mayidan buyon)
Chilonzor tumani - Davron Abdulahatovich Hidoyatov (2017 yil aprelidan buyon)
Shayxontohur tumani - Bahodir Rixsialiyevich G‘oibnazarov (2017 yil dekabridan buyon)
Yunusobod tumani - Baxtiyor Hasanovich Abdusamatov (2017 yil aprelidan buyon)
Yakkasaroy tumani - Sarvar Tashmatovich Mahametov (...)
Yashnobod tumani - Dilmurod Rahmatjonovich Turdiyev (2017 yil aprelidan buyon).




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar