“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

General Motors O‘zbekistondagi zavodlarini sotadi

02 iyun, 09:56 9 706 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
General Motors O‘zbekistondagi zavodlarini sotadi General Motors avtomobil korporatsiyasi hamda “O‘zavtosanoat” O‘zbekistondagi ikkita avtozavoddagi amerikaliklarning ulushlarini sotish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Sarzone.uz sayti xabar qildi.

Gap Asaka avtomobil zavodi va Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan dvigatellar zavodi haqida ketmoqda.

“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Umidjon Salimov payshanba kuni Asaka avtozavodidagi Amerika korporatsiyasining barcha ulushini yilning oxirigacha sotib olish rejasini ma’lum qildi. Shuningdek, GM Powertrain Uzbekistan zavodidagi amerikaliklarning 70 foizdan ortiq aksiyasini xarid qilish bo‘yicha ham muzokara olib borilmoqda.

Shunga qaramasdan o‘zbek zavodlariga AQSH kompaniyasi texnik ko‘mak ko‘rsatib turadi. Chevrolet brendi ostida avtomobil ishlab chiqarish ham davom etadi.

General Motors va “O‘zavtosanoat” AK hamkorligidagi GM Uzbekistan avtokorxonasi 2008 yilning mart oyida tashkil etilgan. O‘sha vaqtda aksiyalarning 75 foizi O‘zbekistonga, 25 foizi AQSH kompaniyasiga tegishli edi.

Hozir Asakadagi avtozavodda 8 mingdan ziyod odam ishlaydi. Zavod maydoni 72 ga. Yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqaradi. Yaqin yillarda Tracker yo‘ltanlamasi va Cobaltning takomillashtirilgan rusumini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 207
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 101
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 894
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 184
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 320
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 358
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar