“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:08
ЎЗO‘Z

Imomali Rahmon O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi

01 iyun, 17:10 5 115 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Imomali Rahmon O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ijtimoiy va agrar sektorni rivojlantirish, energetika, sanoat sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida imzolangan bitimlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning joriy yil kuzida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ikki mamlakatning barcha sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi.

Tomonlar bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida kun tartibi, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Tojikistonga borishi xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar