“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Ro‘za ruhiy poklovchi ibodat

01 iyun, 07:02 5 310 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘za ruhiy poklovchi ibodat Ruhiy ozuqaga olib boruvchi omillardan biri ro‘zadir. Insonni yo‘ldan uradigan narsalar ichida qorin va jinsiy shahvatlar eng kuchlilaridan hisoblanadi. Ro‘zanong foydalaridan biri huddi o‘sha ikki shahvatni jilovlashga xizmat qilishidir.

Ro‘za taqvoning asosiy omillarida hisoblanadi.

Alloh taolo “Baqara” surasida:
“Ey, iymon keltirganlar, sizlarga ham, huddi sizdan oldin o‘tganlarga farz qilinganidek, ro‘za farz qilindi, shoyadki, taqvo qilsangiz”, degan.

Bu oyatdan kelib chiqadiki, ro‘za ham taqvo yo‘llaridan biri ekanligi.

Ro‘za tutgan shaxsning qalbida taqvo ruhi uyg‘onishi kerak. Agar kim ro‘za tutsa-yu, qalbida taqvo ruhi uygonmasa, u odam haqiqiy ro‘za tutmagan bo‘ladi.

Kimki iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani “taqvo” deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi baxtga muyassar qiladi.

“Taqvo” ruhiy ozuqalanishning muhim omillaridandir.

Ro‘zada boshqa ibodatlarda bo‘lmagan xususiyat bor. Bu ro‘zaning Alloh taoloning o‘ziga bog‘lashligidir.

Alloh taolo hadisi qudsiyda buning bayonini qilgandir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

“Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim berurman”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.

Ro‘zaning bu sifatga ega bo‘lishining ikki ma’nosi bordir:

Birinchisi: ro‘za ichki amal hisoblanadi.

Ikkinchisi: ro‘za tutmoq shaytonga qahr qilishdir.

Shahvat yemoq ichmoq ila quvvatlanadi. Shahvati kuchli bo‘lgan insonga shayton o‘z amrini o‘tkazishi oson bo‘ladi. Ro‘za tutgan odamga esa, shayton yaqinlasha olmaydi.

Ulamolar nazdida ro‘zaning darajasi uchtadir:

Birinchi daraja ommaning ro‘zasi bo‘lib, u qorin va farjni shahvatdan tiyishdan iborat.

Ikkinchi daraja xoslarning ro‘zasi bo‘lib, u birinchi darajaga ziyoda ko‘z, quloq, tilni, oyoq, qo‘ll va boshqa a’zolarni gunohlardan tiyishdan iborat.

Uchunchi daraja xoslardan ham xoslarning ro‘zasi bo‘lib, u avvalgi ikki darajaga ziyoda qalbni yomon narsalardan, dunyoviy fikrlardan va Allohdan boshqa narsalardan tiyishdan iborat.
Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 321
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 212
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 482
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 328
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 354
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 436
  • So'nggi yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 4
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 106
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 93
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 70
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 100
  • Bo‘limlar