“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:46
ЎЗO‘Z

2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi

30 мая, 23:23 6 401 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Qarorda amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish muddatlari ham belgilab berilgan. Unga ko‘ra, 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab 2020 yilning 31 dekabr kuniga qadar eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar, egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda almashtirib beriladi. Shundan keyin, ya’ni 2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb topiladi va bu haydovchilik guvohnomalari bilan avtomototransport vositalarini boshqarish, haydovchilik guvohnomasisiz avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu yangi hujjat 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab haydovchilar tayyorlash kurslarini tamomlaganlarga nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tganlaridan so‘ng berila boshlandi. Shuningdek, biror-bir sabab bilan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yangisiga hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatga olish va imtihon bo‘limlarida almashtirib beriladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti ishlab chiqildi. Ushbu reglament jismoniy shaxslarga haydovchilik guvohnomasini yangi namunasiga almatirish tartibini belgilaydi. Bu xizmat shu yilning 4 aprel kunidan Toshkent shahrining Mirobod tumanida, 3 may kunidan boshlab Namangan shahrida o‘z faoliyatini boshlagan edi. 14 may kunidan esa Toshkent shahrining Yunusobod va Uchtepa tumanlaridagi yagona Davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish boshlandi. Shuningdek, bu xizmat yaqin kunlarda Qo‘qon shahrida ham ishga tushiriladi. Bosqichma-bosqich respublikamizning boshqa hududlarida ham bu kabi xizmatlarni yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi hududiy davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlariga haydovchilik guvohnomasi va uning taloni hamda fuqarolik pasportining nusxasini taqdim etadi. Bu yerda tegishli ariza namunasini to‘ldiradi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari shu hududda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatlarini ko‘rsatadi. Davlat xizmatlari markazlari, hududiy YHXB ro‘yxatlash imtihon olish bo‘limlari bilan elektron bog‘langan holda fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanadi.

Ariza beruvchilar haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.

Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 100
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 893
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 184
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 320
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 358
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar