“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:36
ЎЗO‘Z

Markaziy bank: narx-navo pasaydi, milliy valyuta qadri oshdi

29 мая, 14:27 5 681 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy bank: narx-navo pasaydi, milliy valyuta qadri oshdi Respublika iste’mol bozorlaridagi narxlar o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda olib borilayotgan o‘rganishlar natijalari may oyining dastlabki to‘rt haftasida tanlangan tovar va xizmatlar guruhi bo‘yicha o‘rtacha narxlar 0,6 foizga pasayganini ko‘rsatdi. Bunda oziq-ovqat tovarlari 1,1 foizga va nooziq-ovqat tovarlari 0,9 foizga arzonlashgan bo‘lsa, xizmatlar 1 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Narxlarning o‘zgarishi asosan milliy valyuta qadrining oshishi, tashqi savdo sharoitlarining va raqobat muhitining yaxshilanishi, iste’mol bozoriga sabzavotlar yangi hosilining kirib kelishi kabi omillar ta’sirida shakllandi. Shuningdek, aholi va korxonalarning inflyatsion kutilmalarining pasayishi ham narxlar tushishiga ta’sir etuvchi omillaridan bo‘ldi.

Kuzatish davrida oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy o‘rtacha narxlarida pasayish kuzatilgan bo‘lsa-da, alohida mahsulot narxlari o‘zgarishi turli yo‘nalish kasb etdi. Xususan, pomidor, bodring va kartoshka yangi hosilining bozorlarga ko‘p miqdorda kirib kelishi, ushbu sabzavotlar narxlarining mos ravishda 63,8, 30,2 va 27,6 foizga arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, sariyog‘ narxi 2,4 foizga va parranda go‘shti narxi 1,3 foizga pasaydi.

Eslatma
Qayd etish lozimki, yuqorida keltirilgan iste’mol tovar va xizmatlar narxlarining o‘zgarish dinamikasi iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarni tahlil qilish maqsadida Markaziy bank tomonidan olib boriladigan kuzatuvlarga asosan hisoblangan. Respublika bo‘yicha iste’mol narxlari indeksi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 1
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 153
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar