“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 02:39
ЎЗO‘Z

Bizda noto‘g‘ri to‘xtab turganingiz qayd etilgan fotosurat bor

28 мая, 12:30 4 557 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bizda noto‘g‘ri to‘xtab turganingiz qayd etilgan fotosurat bor Transport vositalari haydovchilari bo‘lmaganda to‘xtab turish qoidalarini buzish holatlari qayd etilayotgan yangi tartib Norma tomonidan ko‘rib chiqildi.

Yaqinda (17.05.2018 yil) ko‘pgina OAV Toshkent shahar YHXB xodimlari transport vositalarining to‘xtab turish qoidalarini buzish holatlarini foto va video orqali qayd etib, avtomobilning old oynasida maxsus eslatma qoldirayotganliklari haqida xabar tarqatdilar. Unda huquqbuzarlikni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 3 kun muddatda DYHXX organiga kelish talab etiladi. Kelmagan taqdirda transport vositasi ushlab turilishi (jarima maydonchasida) haqida ogohlantirmoqdalar.

Yangilik – Toshkent shahar YHXBning «o‘zboshimchaligimi»?

Yo‘q, bu «o‘zboshimchalik» emas. Fevralda (14.02.2018 yil) Prezidentning «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ–3528-son qarori qabul qilingan. Mazkur hujjatning 25-bandida IIVga 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga poytaxtimizda transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtab turish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish to‘g‘risida takliflar kiritish vazifasi topshirilgan. Takliflarda haydovchisi bo‘lmaganda ham noto‘g‘ri to‘xtab turish holatini qayd etish va bayonnomalar tuzilishi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak.

Biroq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga hozircha hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmadi. Binobarin, Toshkent shahar YHXB ushbu g‘oyani mavjud qonunchilik normalari doirasida amalga oshirishga urinmoqda.

Eslatma qanday yuridik kuchga ega?

Bugungi kunda to‘xtab turish qoidalari buzilganligi (MJTKning 128-6-moddasi) haqida ma’muriy bayonnoma tuzish majburiyligicha qolmoqda va hujjat ilgarigidek huquqbuzar tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak (Yo‘riqnomaning 5 va 10-bandlariga qarang). Bunda bayonnoma, qoida tariqasida, joyning o‘zida tuzilishi lozim.

Shu sababli old oynaning «oynatozalagichi» tagida qoldiriladigan eslatma haydovchiga jarima solinganligini anglatmaydi. Bunda eslatma va uning shakli (blankasi) hali rasmiy hujjat turi sifatida normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilmagan. Shu sababli o‘z-o‘zidan 2 ta savol tug‘iladi:

1) eslatmaga ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabi sifatida qarash zarurmi;

2) eslatmani bu tarzda taqdim etish (transport vositasida qoldirish) uni lozim darajada taqdim etish deb hisoblanadimi?

Shu o‘rinda qonunga ko‘ra DYHXX inspektorlari ma’muriy bayonnomani tuzish chog‘ida huquqbuzarning qatnashishini ta’minlashlari shartligini va hatto buning uchun uni 3 soat ushlab turishga haqli ekanliklarini qayd etib o‘tmoqchimiz (MJTKning 287-moddasiga qarang). Shaxs bayonnomani imzolashdan yoki yozma tushuntirish berishdan bosh tortgan taqdirda, bayonnomaga bu haqda uni tuzgan mansabdor shaxs tomonidan yozib qo‘yiladi. Bunda guvohlar yoki xolislar ishtirokida bosh tortish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilib, ma’muriy bayonnomaga ilova qilinadi (MJTKning 281-moddasi va Yo‘riqnomaning 11-bandiga qarang).

Biroq, ko‘rinib turganidek, haydovchining ishtirokisiz bayonnoma tuzishga hali ruxsat berilmagan. Agar u bo‘lmasa, uni topish va ehtimol ushlab turish zarur bo‘ladi.

Bundan tashqari, haydovchining eslatmani olganligi hech bir tarzda rasmiylashtirilmaydi. Axir uni shamol uchirib ketishi, unga suv sachrashi, bironta sho‘x bola o‘zi bilan olib ketishi mumkin. Haydovchi umuman uni ko‘rmasligi yoki reklama yo hazil deb qabul qilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Shu sababli eslatma qoldirilishiga, muallifning fikricha, joyida bo‘lmagan haydovchini izlash va ma’muriy tartibda ushlab turishni ko‘zlamagan holda fuqarolarni norasmiy ogohlantirish deb qarash zarur.

DYHXX xodimlari eslatmani rostakam rasmiy hujjat deb qabul qilishlari mumkin. Shu sababli muallif uni e’tiborsiz qoldirgan haydovchi uchun hech qanday salbiy oqibatlar yuzaga kelmasligi yuzasidan kafolat bera olmaydi.

Jarima maydonchasi bilan ogohlantirish-chi?

Ko‘rib chiqilayotgan holatda transport vositasini ushlab turish uchun 2 ta yuridik asosni qo‘llashlari mumkin:

1) agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun transport vositasi ushlab turilishiga yo‘l qo‘yiladi (MJTKning 291-moddasiga qarang). Ya’ni har doim ham bunday bo‘lavermaydi;

2) militsiya xodimining transport vositasini to‘xtatish haqidagi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun (MJTKning 194-moddasiga qarang). Biroq gap shundaki, mashina harakatlanmayapti, balki ruxsat etilmagan joyda turibdi. Shu sababli bu – nizoli asos.

Bundan kelib chiqadiki, agar haydovchining omadi kulib, avtomobilini evakuatorda olib ketmay, faqat huquqbuzarlikni fotosuratga olgan va eslatma qoldirgan bo‘lsalar, DYHXXda mashinani jarima maydonchasiga olib ketishga asos bo‘lmaydi (lekin haydovchining o‘zini ushlab turishga haqli bo‘ladilar).

Xulosalar: Nima bo‘lmasin, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Yo‘l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish kerak. Bunda haydovchi bo‘lmasa, huquqbuzarlikni parallel ravishda fotosurat yoki videotasvir orqali qayd etgan holda kamida ikkita xolis ishtirokida joyning o‘zida bayonnoma rasmiylashtirilishini belgilash maqsadga muvofiq.

Bayonnoma ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan YHXB mansabdor shaxsiga berilgandan keyingina transport vositasi egasiga Yo‘riqnomada (7-ilova) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish uchun kelish haqidagi xabarnomani pochta orqali yuborish zarur.

Agar transport egasi (yuridik shaxslar uchun – undan foydalanish uchun mas’ul shaxs) huquqbuzarlik boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligini isbotlay olmasa, o‘zi javobgarlikka tortilishi haqidagi qoidani ham kiritishga to‘g‘ri keladi.
Samir Latipov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 135
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 34
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 219
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 88
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 34
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar