“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 19:57
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

23 мая, 16:26 4 709 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonning eng yirik banki O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi Qozog‘istonning eng yirik banklaridan biri, Rossiya, Gruziya, Tojikiston va Qirg‘izistonda bo‘linmalarga ega bo‘lgan bo‘lgan, Qazkom bilan birlashuvdan so‘ng aktivlari hajmi 24 mlrd dollarni tashkil qiladigan Halyk Bank («Xalq banki») Toshkentda o‘z filialini tashkil etishi mumkin. Bu haqda Forbes-Qozog‘iston nashri ma’lumotiga asoslanib, "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Hujjatlar to‘plami tayyorlangan, tartibga soluvchi idoraning muvofiqlashtirishi kerak, degan bank boshqaruvi raisi Umut Shayaxmetova jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

«Halyk Group nafaqat Qozog‘istonda, balki MDH hududidagi bozorda ham katta o‘rin va ulushga ega. Biz hududiy miqyosda katta moliyaviy guruhni taqdim eta olamiz. Bizga O‘zbekiston bozori qiziq. Ha, muzokaralar olib bordik. Biz Qozog‘iston va O‘zbekiston Milliy bankiga O‘zbekistonda filial ochish uchun ruxsat olishga taqdim etiluvchi hujjatlarni to‘playapmiz», - degan Umut Shayaxmetova.

Bank rahbari O‘zbekiston bozoriga qachon kirish muddatini aytmagan. Uning qayd etishicha, Halyk Bank tezroq bu ishni amalga oshirishdan manfaatdor, biroq hujjatlar to‘plash jarayoni va tartibga soluvchi idora bilan kelishish uzoq muddatga cho‘zilishi mumkin.

Bank O‘zbekiston fond birjasida operatsiyalar amalga oshirishni rejalashtirmayapti. Umuman olganda, Umut Shayaxmetovaning so‘zlariga ko‘ra, yangi bozorga kirish katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbekistonning yangi prezidenti iqtisodiy islohotlari meva bermoqda.

«Bank Qozog‘iston ishbilarmonlarida O‘zbekistonga sarmoya kiritish bo‘yicha katta qiziqish borligini ko‘ryapti», - dedi bank raisi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 206
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 128
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 1
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 1
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 2
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 74
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 31
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 107
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • Bo‘limlar