“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

Grizmann «Barselona» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Uni Messi ko‘ndirgan

21 мая, 00:41 3 865 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Grizmann «Barselona» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi. Uni Messi ko‘ndirgan «Barselona» «Atletiko»ga Antuan Grizmann uchun taklif qilgan shartnoma detallari ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi rahbariyati futbolchining singlisi va agenti Mod Grizmann bilan kelishuvga erishgan.

Fransiyalik futbolchi «Barsa» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, u yiliga 15 million yevro miqdorida maosh oladi (soliqlar chiqarib tashlanganida).

Bundan tashqari, kelishuvda o‘tkazilgan o‘yinlar soniga ko‘ra bonuslar nazarda tutilgan.

As nashri ma’lumotiga ko‘ra, Lionel Messi Antuan Grizmanni «Barselona»ga o‘tishga ko‘ndirishda ishtirok etgan.

Messi Grizmannga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan va katalonlar klubiga o‘tishga ko‘ndirgan. Messi jamoa yetakchilari uni xursandchilik bilan qarshi olishini bildirgan.

Qayd etilishicha, bu qo‘ng‘iroq Grizmann «Barselona»ni tanlashida ta’sir ko‘rsatgan.

«Atletiko» Grizmannga ikki marta yangi shartnoma taklif etgan, unga ko‘ra futbolchining yillik maoshi miqdori 25 million yevroni tashkil etardi, ammo futbolchi «Barselona»ga ketish fikrida qat’iy turgan.

2017/18 yilgi mavsumda Grizmann barcha turnirlar doirasida 47 o‘yin o‘tkazgan va 29 gol urgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 137
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 284
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 136
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 167
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 0
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 73
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 30
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 106
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 87
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 71
  • Bo‘limlar