“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:36
ЎЗO‘Z

«Eski juva»da reyd: toshbaqalar sotuvining oldi olindi (foto)

17 мая, 19:12 7 809 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Eski juva»da reyd: toshbaqalar sotuvining oldi olindi (foto) Joriy yilning 13 may kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha hududiy inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan «Eski juva»​ bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida toshbaqa, bulbul va tipratikonlarni savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati Kun.uz‘ga ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, «​Eski juva»​ bozorida olib borilgan reyd tadbirida fuqarolar E.R.Pirmetov, A.B.Qurbonov, A.A.Axmedov yovvoyi holdagi jami 21 ta toshbaqa, 7 ta bulbul va 1 ta tipratikon savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanayotgani aniqlangan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Undan tashqari, Toshkent shahrida joylashgan «Yangiobod» ixtisoslashtirilgan bozorida olib borilgan tezkor reyd tadbiri davrida yovvoyi holdagi jami 15 ta toshbaqa, 9 ta tipratikon, 1 ta kolvor ilon, va 4 ta chumchiqsimonlar oilasiga mansub qushlar bilan noqonuniy ravishda savdo qilish holatlari aniqlanib, barcha olib qo‘yilgan yovvoyi hayvonlar o‘rnatilgan tartib asosida tabiatga qo‘yib yuborilgan.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
«Hozirgi kunda hududlardagi mavjud bozorlarda, aholi punktlarida noqonuniy tarzda yovvoyi turdagi qush, hayvonlarni sotilmasligi yuzasidan doimiy tarzda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda», deydi qo‘mita mas’ul xodimi.
Xabarda aytilishicha, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar