“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:50
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Londonda Buyuk Britaniya hukumati a’zosi bilan uchrashdi

15 мая, 22:20 4 830 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Londonda Buyuk Britaniya hukumati a’zosi bilan uchrashdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchib ketayotgan samolyot prezidentning AQShga rasmiy tashrifi davomida Londonga to‘xtab o‘tdi. Davlat rahbari London shahrida Buyuk Britaniya Konservativlar partiyasi vakili, hukumat a’zosi ser Alan Dunkan bilan suhbatlashdi. Bu haqda ingliz siyosatchisi Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tashqi ishlar vaziri Komilov bilan do‘stona va iliq uchrashuv bo‘ldi. Unga boshlagan islohotlarini bardavom bo‘lishini tilab, Buyuk Britaniyaning kuchli ko‘magi taklif etildi», deb yozadi u.

O‘zbekistonning birinchi raqamli samolyoti Londonning Stansted xalqaro aeroportida yoqilg‘i g‘amlab olish uchun to‘xtagan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladi.

«Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Alan Dunkan mamlakatimizda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan faol sa’y-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganiga yuksak baho berdi», deyiladi xabarda.

Buyuk Britaniya davlatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi.

Londondagi texnik to‘xtashdan so‘ng Prezidentimiz AQSh yo‘lida safarini davom ettirgan.

Ma’lumot uchun, Alan Dunkan Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilganidan so‘ng O‘zbekistonga tashrif buyurgan birinchi xorijiy yuqori martabali mehmon bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 86
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar