“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 15:59
ЎЗO‘Z

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

15 мая, 11:02 6 527 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi Shu vaqtgacha Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari va Chilonzordagi «Sobitxon hoji» jome masjidi imom-xatibi sifatida ishlab kelgan Ergash Rustamov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 14 may kuni Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida Toshkent shahar imom-xatiblarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda, jumladan, shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bo‘lib turgani sabab, Ramazon oyida diniy sohada ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayriya loyihalarida mas’ullar yuklatilishi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) buyrug‘i bilan Ergash Rustamov shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilingan.

1959 yili Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Ergash Rustamov 1997 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. 1996—1997 yillarda Toshkent islom instituti prorektori, 1996—2017 yillarda Chilonzordagi «Sobitxon hoji» masjidi imom-xatibi, 2006—2010 yillarda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari, 2012—2017 yillarda O‘MIning Surxondaryo viloyati vakili, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi lavozimlarida ishlagan.

Ergash Rustamov 2017 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari va Chilonzordagi «Sobitxon hoji» jome masjidi imom-xatibi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, aprel oyi boshida Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirgani, may oyi boshida esa komadan chiqqani haqida xabar berilgan edi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent-Nurafshon yo‘lida “Damas” yonib ketdi (video) 20 mar, 09:19
  • «Toshkent city»da 90 metr balandlikdan turib kran boshqarayotgan qizni bilasizmi ? (video) 19 noya, 00:12
  • Toshkent shahar hokimining jahli chiqdi! (video) 11 sen, 20:56
  • Toshkent hokimiyati koʻp qavatli uylardan xonadonlar sotib olishni taklif qildi (video) 01 sen, 10:57
  • Toshkent shahar hokimi Turkiya kanaliga turk tilida intervyu berdi (video) 02 avg, 10:27
  • Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City haqida: "Bunaqasi hatto Moskvada ham yo‘q" 14 iyun, 18:27
  • So'nggi yangiliklar
  • Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi! 04 dek, 15:26 0
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 0
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 2
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 3
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 53
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 100
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 147
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 168
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 197
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 225
  • «Yangi O‘zbekiston islohotchisi» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi 04 dek, 10:30 189
  • Moskvada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi 04 dek, 10:15 355
  • Bo‘limlar