“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:08
ЎЗO‘Z

Toshkent islom instituti qoriya talabasi 30 pora Qur’onni to‘liq yoddan o‘qib berdi

05 мая, 07:02 5 988 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent islom instituti qoriya talabasi 30 pora Qur’onni to‘liq yoddan o‘qib berdi Bugun, 4 may kuni Toshkent islom instituti 1-kurs talabasi Fotima Abdullayeva o‘ttiz pora Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda 10 soat mobaynida yoddan o‘qib berdi. Bu haqda Toshkent islom instituti sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qur’oni karimni o‘qish jarayonini «Tahfizul Qur’on» kafedrasi o‘qituvchilari Jahongir qori Ne’matov, Islomxon qori Ubaydullayev, Ahmadxon qori Rashidov, Jahongir qori Ro‘ziyev hamda talaba qizlar kuzatib borishgan.

Fotima Abdullayeva tonggi soat beshdan Qur’oni karimni o‘qib berishni boshlab, asr namozida yakunlagan. Toshkent islom institutining o‘qituvchisi Islomxon domla Ubaydullayev xatmi Qur’on duosini qilib bergan.

Fotima Abdullayeva Toshkent islom institutiga 2017 yili o‘qishga kirgan bo‘lib, ustozi Zafar qori Mahmudovga Qur’oni karimni kuniga 1 juzdan yodlab topshirib kelgan. U qariyb 8 oy mobaynida Kalomullohni to‘liq yod olib, mana bugun bir o‘tirishda butun Qur’oni karimni ustozlari guvohligida o‘qib topshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Toshkent Islom instituti tarixida ayol-qizlar o‘rtasida ilk bor Gulruh Kenjabek Qur’oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda 16 soat mobaynida to‘liq o‘qib bergan edi. Gulruh Kenjabek 2014 yili o‘tkazilgan Respublika Qur’on musobaqasining hifz yo‘nalishi g‘olibasi hisoblanadi.

Zafar Mahmudovning ma’lum qilishicha, «Tahfizul Qur’on» kafedrasi talabalari Adham qori Otaxonov va Fathulloh qori Dadayev ham muqaddam Qur’oni karimni mana shu shaklda o‘qib berishgan ekan.

«Toshkent islom instituti uchun an’anaga aylanib borayotgan Qur’oni karimni to‘liq o‘qib berish malakasi bundan keyin ham rivojlanishi hamda yurtimizdan mana shunday qori va qoriyalar ko‘plab chiqishini Alloh taolo O‘zi oson va muvaffaq qilsin!» — deydi «Tahfizul Qur’on» kafedrasi o‘qituvchi Zafar Mahmudov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 57
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar