“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:16
ЎЗO‘Z

Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi

04 мая, 23:20 4 066 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umid Ahmadjonov Dubayda AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari rahbarlari bilan ko‘rishdi O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasiga qur’a tashlash marosimida qatnashish uchun Dubayga yo‘l olgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Umid Ahmadjonov Dubayda Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti, shuningdek, BAA milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Bugun Umid Ahmadjonov Dubayda KONKAKAF vakillari AQSh, Kanada va Meksika futbol federatsiyalari prezidentlari bilan ko‘rishdi. Jumladan, AQSh futbol federatsiyasi prezidenti Karlos Kardeyro, Meksika futbol federatsiyasi prezidenti Desio de Mariya Serrano va Kanada futbol federatsiyasi prezidentlari bilan suhbat chog‘ida futbol rivoji yo‘lida o‘zaro tajriba almashish, bolalar va ommaviy futbol bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilish, marketing va homiylarni jalb qilish masalalarida hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

O‘z o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, AQSh, Kanada va Meksika tarixda birinchi marta 2026 yilga Jahon chempionati qo‘shmezbonligi uchun da’vogarlik qilmoqda. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, KONKAKAF vakillari uchun Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish o‘zaro manfaatli hisoblanadi.

Manba: the-uff.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 236
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Bo‘limlar