“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:49
ЎЗO‘Z

Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonga aslida 2,5 million emas, 200 ming sayyoh kelgan

01 мая, 23:38 5 925 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aziz Abduhakimov: O‘zbekistonga aslida 2,5 million emas, 200 ming sayyoh kelgan Foto: «Gazeta.uz»
O‘tgan yillarda O‘zbekistonga har yili 2,5 million sayyoh kelgan, deb hisoblanar edi, chunki Butunjahon sayyohlik tashkilotining metodikasiga ko‘ra, mamlakatga kelgan har qanday xorijlik sayyoh sanaladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi Aziz Abduhakimov tomonidan ma’lum qilinishicha, bu usulda Qozog‘iston, Gruziya, Qirg‘iziston yoki Rossiya kabi malakatlarda sayyohlar soni hisoblanadi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur mamlakatlar millionlab sayyohlarni deklaratsiya qiladi. Biroq agar vaziyatga realroq qaralsa, bu oqimning 70—80 foizi qo‘shni mamlakatlardan kelgan mehmonlar bo‘lib chiqadi. Tabiiyki, ular mehmonxonalarda to‘xtamaydi, safarlar esa asosan bir kunlik bo‘ladi.

Qo‘mita raisining aytishicha, mehmonxonada to‘xtab, esdaliklar uchun pul sarflaydigan haqiqiy sayyohlar anchagina kam. Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonga tashrif buyurgan ana shunday haqiqiy sayyohlar soni 200 ming kishi bo‘lgan.

Qo‘mita rahbari tomonidan qayd etilishicha, statistika ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilgan va aniq raqamlar asosida real vazifalar belgilab olingan. Shu tariqa turizmdan keladigan real daromadni hisoblash, investitsiyalar, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa masalalar bo‘yicha prognozlar qilish mumkin bo‘ladi.

«Joriy yilda 350 ming sayyohni jalb qilish, 2020 yilga qadar bu ko‘rsatkichni 500 mingga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan», — deb ta’kidlagan Aziz Abduhakimov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 59
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 67
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar