“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 22:29
ЎЗO‘Z

Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi

01 мая, 06:52 4 240 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi Armanistondagi norozilik harakati yetakchisi, parlamentdagi “Yelk” fraksiyai rahbari Nikol Pashinyan rasman Armaniston bosh vazirliga ko‘rsatildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.

Yangi bosh vazir saylovi 1 may kuni Armaniston Milliy Yig‘ini (parlamenti) maxsus majlisida bo‘lib o‘tadi. Konstitutsiyaviy isloxatlardan so‘ng bosh vazir aynan parlament tomonidan saylanadi, prezident emas balki bosh vazir mamlakatdagi xokimiyatning to‘laqonli rahbariga aylanadi.

Bosh vazir etib saylanish uchun nomzod parlamentda 53 ta ovoz olishi kerak. Muxolifatdagi «Yelk» fraksiyasining parlamentda atigi 9ta o‘rni bor. Mutloq ko‘pchilik ovoz (58ta o‘rin)ga hukmron Respublikachilar partiyasi ega.

Ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng Respublikachilar o‘z nomzodini bosh vazirlikka tavsiya qilmasligini aytdi. Biroq xukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Vagram Bagdasaryan o‘z partiyasi muxolifatdagi partiya nomzodi uchun ovoz berishini iste’sno qildi. O‘tgan haftada Pashinyan bayonot berib, agar “xalq unga ma’suliyatni yuklasa”, u holda Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi.

Armanistonda ommaviy norozilimk namoyishlari ikki haftadan beri davom etmoqda. Bunga xokimiyatga qolish maqsadida unchalik ham obro‘ga ega bo‘lmagan sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazir bo‘lgani sabab bo‘ldi. Ikki muddat prezident bo‘lgan Sargsyan uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmasdi, shu sababli xokimiyat prezidentdan xukmron partiya saylaydigan bosh vazir qo‘liga o‘tishini ta’minlash maqsadida mamlakatda konstitutsiyaviy islohatlar o‘tkazdi. Islohatlar o‘tkazar ekan, o‘z nomzodini bosh vazirlikka qo‘ymaslika va’da berdi, biroq bu va’dasini buzdi, bu o‘z navbatida ko‘pchilik tomonidan aldoqchilik sifatida ko‘rildi.

Armanistonning ko‘plab shaharlarida ommaviy noroziliklardan so‘ng endigina bosh vazir etib saylangan Sargsyan iste’foga ketdi, u “xato qilganligini” tan oldi, endilikda muholifat yangi parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilmoqda. 42-yoshli Pashinyan fuqorolarning tinch itoatsizlik namoyishlari davom etaverishini va mamlakatdagi “Xalq harakati”ning tarafdorlarini bosh vazir saylanadigan 1 may kuni “Armaniston ko‘cha va maydonlarini to‘ldirishga” chaqirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 102
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 76
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 142
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Bo‘limlar