“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 20:54
ЎЗO‘Z

Mirzo Ulug‘bekning tadbirkorligi

27 apr, 10:18 5 707 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirzo Ulug‘bekning tadbirkorligi Kunlardan bir kuni notanish bir odam Mirzo Ulug‘bekning huzuriga kelib, arz qildi:

— Shohim! Shu kunlarda boshimga og‘ir savdo tushdi. Uni hal qilishga mening aqlim u yoqda tursin, balki dunyodagi barcha donolarning ham aqli yetmasa kerak. Shu sababdan sizning oldingizga najot izlab keldim.

Mirzo Ulug‘bek uning boshiga qanday savdo tushganini surishtirdi. Notanish odam shunday dedi:

— Iroqdan kelayotgan edim. Xurosonda Samarqandga borayotgan karvonga qo‘shildim. Jayhun bo‘yiga kelib tushdik. Hamyonimda bir bo‘lak qimmatbaho la’l bor edi. Suvga tushish oldidan karvon ahlidan hadiksirab, chetroqqa chiqdim, butazor ichiga kirib yechindim. La’lni xaltaga solib, mahkam qilib, yaktagimning peshiga tugib oldim. Suvdan mesh minib o‘tdik. Yana karvon ahlidan pinhona chetroqqa chiqib, kiyinmoqchi bo‘lib kiyimlarimni tugib olgan belbog‘imni yechdim. Avval yaktagimni oldim, lekin baxtga qarshi tugun yechilib, la’l solingan xalta gum bo‘libdi. Yechinganimni ham, kiyinganimni ham sheriklarimdan pinhon tutganim sababli buni biror kimsadan ko‘rmadim. Boshimga tushgan savdo mana shu, shohim.

— Bir yil sabr qilib tur. Shu vaqt ichida o‘sha la’l topilsa, nur ustiga nur, topilmasa, qiymatini mendan olarsan, — dedi Ulug‘bek biroz sukutdan so‘ng.

Arz-dod bilan kelgan odam Ulug‘bekka ikki bukilib ta’zim qildi va uning huzuridan chiqdi. Ulug‘bek shu paytning o‘zidayoq devonbegini chaqirtirib, o‘sha yili mamlakat bo‘yicha xiroj to‘lashi lozim bo‘lgan odamlarning umumiy ro‘yxatini olib kelishni buyurdi. Daftar olib kelingach, podshoh uni diqqat bilan qarab chiqdi, so‘ng bir chetga olib qo‘ydi. Yangi yil kirishi bilan devonbegi o‘tgan yili soliq to‘laganlarning umumiy ro‘yxatini so‘rab oldi. So‘ng har ikkala daftarni sinchiklab solishtirib, qiziq bir ahvolni aniqladi — o‘tgan yili qorako‘llik bir kishi xiroj uchun ellik tanga o‘rniga besh yuz tanga to‘labdi.

Mirzo Ulug‘bek xirojni o‘n marta ko‘p to‘lab yuborgan odamni tezlik bilan Samarqandga chaqirtirib keldi, xilvat bir xonaga olib kirib, nima sababdan ellik o‘rniga besh yuz tanga xiroj to‘laganini xo‘b taftish qilib, pirovardida dedi:

— Sen mo‘may boylik topib oldingmi yo bo‘lmasa biron kimsaning uyini o‘mardingmi? Otangdan ulgurji meros qolibmidi yoki sen suygan biror-bir badavlat odam orqasidan boy bo‘lib oldingmi?

— Shohim, — dedi qorako‘llik ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, — aslida, bir oddiy to‘quvchiman. Bir kuni bo‘z to‘qib turgan edim, do‘konim oldidagi daraxtga hakka kelib qo‘ndi. Tumshug‘ida bir bo‘lak go‘shtga o‘xshagan narsa bor edi. Hakka tasodifan tumshug‘idagi narsani tushirib yubordi va uni olmoqchi bo‘lib, o‘zini yerga otdi. Lekin men epchillik qildim. “Kish-kishlab” hakkani quvib yubordim va chopib borib, u tushirib yuborgan narsani oldim. Qarasam, loyga belangan qandaydir bir xaltacha ekan. Ochsam, ichidan ko‘zni qamashtiradigan, hattoki oftob yuzini ham xiralashtiradigan bir durafshon tosh chiqdi. Uni Tangri taoloning men kambag‘alga ko‘rsatgan shafqat va marhamati deb bilib, hamyonga urdim va ertasi kuni tong bilan Buxoro tomonga yo‘l oldim. Shaharga kelgandan keyin “Zar qadrini zargar biladi”, deganlariday so‘rab-surishtirib bir zargarning oldiga bordim. U toshni qo‘liga olgan hamono bezovtalandi, rang-ro‘yi qizarib ketdi. Shundan bildimki, men olib kelgan narsa oddiy bir tosh emas ekan. Zargar: “Bu toshning bahosi ming tanga”, dedi. Ko‘nmadim. Ko‘p savdolashib, oxiri toshni bir yarim ming tangaga sotdim. So‘ng bozorga kirib, o‘zim uchun ot, bola-chaqamga kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘orga kerakli narsalar, xotinimga sirg‘a, gilam va shunga o‘xshash narsalarni sotib oldim va yurtimga qaytdim. Bizning tasodifan boyib ketganimizdan taajjublanganlar ham bo‘ldi. Ularga aytadigan gapim bitta bo‘ldi: “Samar­qandda bir badavlat qarindoshim bor edi. U birdan o‘lib qoldi. Merosxo‘ri yo‘q ekan, mol-holi menga qoldi”.

Shundan so‘ng Mirzo Ulug‘bek la’lni sotib olgan javohirshunosni toptirib, uni taftish qilibdi. Javohirshunos avval tonibdi, lekin oxiri la’lni to‘quvchidan arzimas pulga sotib olganini bo‘yniga olibdi…

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 1
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 236
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 146
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 119
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 141
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 259
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 169
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 181
  • “Barselona”da yangi mojaro boshlandi 08 мая, 18:10 99
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 66
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 34
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 59
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 55
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 54
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 68
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 39
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 251
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 34
  • Bo‘limlar