“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:07
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlaridagi qarzdorliklar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

17 apr, 19:55 5 264 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlaridagi qarzdorliklar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi Foto: «President.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17 aprel kuni iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat rahbari uzoq yillardan beri iqtisodiyot tarmoqlarida pul oqimi samarasiz boshqarilgani va nomutanosib taqsimlangani oqibatida qarzdorlik holatlari ko‘payib ketganini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Buni bartaraf etish bo‘yicha keyingi vaqtlarda qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq bu borada yangi tizim yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etildi.

“O‘zbekneftegaz” kompaniyasi va “O‘zbekenergo” jamiyatining umidsiz debitor qarzdorliklari hisobdan chiqarildi. “O‘zagrokimyoximoya” aksiyadorlik jamiyatining kreditor qarzdorliklari byudjet ssudalari orqali kamaytirildi. Neftni qayta ishlash korxonalari ixtiyorida bir yilda 670 milliard so‘m, elektr stansiyalari hisobida 100 milliard so‘m mablag‘ qoldirildi.

Fermer xo‘jaliklari tugatilishi va qayta tashkil etilishi evaziga tijorat banklari yo‘qotgan likvidlik byudjet mablag‘lari hisobiga qoplab berildi.

Yig‘ilishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yaxshi samara berayotgani, lekin bu hali yetarli emasligi ta’kidlandi. Joriy yil 1 mart holatiga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlarida jami debitor va kreditor qarzdorlik o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 16 va 13 foizga oshgani tanqidiy tahlil qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir korxonaning barqarorligi aniq hisob-kitobga bog‘liqligi, rahbarlar faoliyati shunga qarab baholanishini ta’kidladi.

Ayrim tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda nomutanosiblik borligi, qarzdorlikni undirish tizimi samarasizligi, mavjud javobgarlik choralari mansabdor shaxslar va fuqarolarning to‘lov mas’uliyatini oshirish uchun yetarli emasligi qayd etildi.

Debitor qarzdorlik hamon yuqoriligicha qolayotgan kompaniya va korxonalar ko‘rsatib o‘tildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitob tizimini takomillashtirish, debitor, kreditor va byudjet oldidagi qarzdorliklarni qisqartirish, soliq, bank, xizmat ko‘rsatuvchi va boshqa idoralar o‘rtasida har oy yakunida o‘zaro qarzdorlik holatini solishtirib borish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Tashkilotlar o‘rtasida elektron hamkorlik va ma’lumot almashinuvini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar