“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 00:49
ЎЗO‘Z

Oliy sud: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi

11 apr, 13:57 5 737 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oliy sud: Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 13 iyun kuni sud korpusi bilan bo‘lgan uchrashuvda xalqning sud tizimiga bo‘lgan ishonchiga fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish orqaligina erishish mumkinligini alohida ta’kidlagandi.

Davlat rahbari ilgari surgan bu g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida 2017 yilda mutlaq yangi sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlarini qabul qilishni ta’minlashga yo‘naltirilgan tub islohotlar amalga oshirildi.

Ayni shu shiddatli o‘zgarishlar samarasi o‘laroq jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 262 nafar shaxs oqlandi. Vaholanki, 2012-2016 yillarda bor-yo‘g‘i 7 nafar shaxs oqlangan edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2018 yil birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan shaxslarni aybsiz deb topish va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq sud qarorlari o‘rganib chiqilganda sudlar bu masalaga yanada mas’uliyat bilan yondashayotgani ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning birinchi choragida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 68 ta jinoyat ishi bo‘yicha 114 nafar shaxsga nisbatan oqlash va reabilitatsiya qilish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan.

Xususan, birinchi instansiya sudlari tomonidan 55 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari chiqarilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 83 moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) asnosida 9 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlar tugatilgan, yuqori turuvchi instansiya sudlari tomonidan 50 nafar shaxs oqlangan va ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tugatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan 2 nafar shaxs va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan esa 9 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida - 29, Toshkent shahrida - 16, Toshkent viloyatida - 13, Surxondaryo viloyatida -7, Andijon viloyatida – 7, Xorazm viloyatida – 6, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 5, Samarqand viloyatida - 5, Farg‘ona viloyatida - 4, Jizzax viloyatida - 4, Sirdaryo viloyatida - 4, Navoiy viloyatida – 4 va Buxoro viloyatida 1 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.

Oliy sud tomonidan ushbu sud qarorlari o‘rganib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha e’lon qilingan ayblovlar dalillar bilan tasdiqlanmagani, taxminlar yoki mish-mishlardan iborat ma’lumotlar hamda nomaqbul dalillarga asoslangani bois sudlar tomonidan barcha qarorlar asosli ravishda chiqarilgan deb topildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 91
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 164
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 463
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 63
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 65
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 329
  • So'nggi yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 148
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 225
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • Bo‘limlar