“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:41
ЎЗO‘Z

Etti oy oldin dafn etilgan yigit favqulodda uyiga kirib keldi

01 apr, 22:53 9 444 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Etti oy oldin dafn etilgan yigit favqulodda uyiga kirib keldi Voqea Taylandning Bankok shahri yaqinidagi tumanlardan birida sodir bo‘ldi. 44 yoshli Sakxon Sachiva dengizda baliqchilik qilardi. Kunlarning birida uning xonadoniga xunuk xabar yetkazishdi. Aytishlaricha, Sakxon oshqozon-ichak shamollashi tufayli olamdan o‘tgan. Murda esa deyarli chirib bitayozganiga qaramay, hanuz kasalxona o‘likxonasida saqlanmoqda ekan. Sakxonning uyidagilar jonholatda o‘likxonaga yetib borishdi.

Jasad haqiqatan tanib bo‘lmas darajaga kirib ulgurgan ekan. Uning yonidan topilgan hujjat aynan Sakxonga tegishli edi. Nimayam qilishsin?.. Oila a’zolari yig‘i-sig‘i qilib, jasadni dafn etishdi. Baliqchilik korxonasidagilar moddiy yordam sifatida Sakxonning yaqinlariga 3 ming dollar miqdorida pul ajratishdi. Bundan tashqari, dafn marosimlari va boshqa ikir-chikirlarni ham o‘z zimmalariga olishdi.

Qarangki, oradan yetti oy o‘tgach, kutilmaganda Sakxon uyiga kirib keldi. Kelganda ham to‘rt muchasi salomat holatda keldi.

Shundan keyingina haqiqat yuzaga chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, Sakxonning hujjatlarini noma’lum kimsalar o‘g‘irlab qo‘ygan ekan. Uning o‘zi shu kunga qadar dengizda bo‘lgan. Professional kasbiga oid ishlar bilan shug‘ullangan. O‘zining o‘lgani, dafn etilgani haqida uyga kirib kelgandan keyingina yaqinlaridan eshitdi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 101
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 492
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar