“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi?

01 apr, 00:25 6 533 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ortiga nima yashirilgan edi? Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda DXX va IIB YHXB xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi “Mersedes bens” rusumli yuk avtoulovi Andijon tumanida to‘xtatildi.

U xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur yuk mashinaning yukxonasida yo‘lovchi A.I. tomonidan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochish maqsadida “tashmachilar” yordamidan foydalanib, yurtimizda qayta sotish maqsadida olib kirilgan narxi 39 536 000 so‘mlik jami 15 dona “Avangard” rusumli muzlatgichlar borligi aniqlandi.

Ana shunday holatlardan yana biri fuqaro A.O. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, avtomashinani “Andijon-Shahrixon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirish jarayonida fosh etildi. Ushbu avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali yana o‘sha “tashmachilar” yordamidan foydalangan holda yurtimizga olib o‘tilgan qiymati 60 000 000 so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan turli xil rusumdagi 15 dona muzlatgichlar hamda 21 dona televizorlar borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Mazkur shaxslar o‘z yuk avtotransport vositalariga yuklangan ushbu maishiy texnika vositalarining hech qanday hujjatlari yo‘qligi sababli, huquq tartibot idoralari vakillarini chalg‘itishga urinib, yuk ortilgan avtotransport vositalarining ortki qismini O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan to‘ldirib, bekitishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar