“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 03:21
ЎЗO‘Z

«Ruslar tashqariga». Yana 5 davlat ro‘yxatda

26 mar, 21:38 5 576 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ruslar tashqariga». Yana 5 davlat ro‘yxatda Bugun, 26 mart kuni G‘arb davlatlari bir vaqtning o‘zida rossiyalik diplomatlarni o‘z hududlaridan chiqarib yuborishini ma’lum qila boshladi.

Bunday qaror Rossiya Razvedka boshqarmasining Buyuk Britaniya foydasiga ishlagan sobiq josusi Sergey Skripal 4 mart kuni Angliya janubidagi Solsberi shahrida zaharlanishi ortidan yuzaga kelgan diplomatik mojaro ortidan qabul qilinmoqda.

Buyuk Britaniya Skripal zaharlanishi ortida Rossiya turganini iddao qildi, rasmiy Moskva bu ayblovga munosabat bildirmadi, shu tufayli Buyuk Britaniya Rossiyani ushbu suiqasdda ayblab, Rossiya o‘z hududida xavfli qurol qo‘llagani uchun, 23 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini e’lon qildi.

Bugun, Buyuk Britaniyaga birdamlik sifatida AQSh, Ukraina va Yevropa Ittifoqining 14 davlati rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborishini ma’lum qildi (bu davlatlar qatorida Germaniya, Fransiya, Daniya, Niderlandiya, Polsha, Chexiya, Estoniya, Latviya, Litva, Shvetsiya nomlari sanaldi).

Ayni vaqtga kelib bu ro‘yxatdagi barcha davlatlarning nomi ma’lum: ro‘yxat Ruminiya, Finlyandiya, Xorvatiya va Italiya bilan to‘ldi.

Avvaliga Ruminiya Rossiya elchisini vataniga qaytarishini ma’lum qildi. «Buyuk Britaniyaga birdamlik bildirib, Vena konvensiyasiga amal qilgan holda Rossiya Federatsiyasining Buxarestdagi elchixonasini ularning diplomatlaridan biri Ruminiyada non-grata shaxs sifatida e’lon qilingani va u mamlakatni tark etishi lozimligi haqida xabardor qilamiz», — deyilgan Ruminiya TIV xabarida.

Ko‘p o‘tmasdan, Rossiyaning shimoldagi qo‘shnisi Finlyandiya ham rossiyalik bir diplomatga javob berishini ma’lum qildi.

«Respublika prezidenti va vazirlar mahkamasi aniqlab oldiki, Finlyandiya Rossiyaning Xelsinkidagi elchixonasida ishlayotgan bir amaldorini diplomatik maqomdan mahrum etadi. Tashqi ishlar vazirligi bu haqda rossiyaliklar elchisini xabardor qilmoqda. Bu qaror Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari harakatlariga hamohang qabul qilindi», — deyilgan hukumat bayonotida.

AQSh va Buyuk Britaniyaning yaqin ittifoqchisi Kanada ham rossiyalik diplomatlarga javob berdi.

«Biz Rossiya Federatsiyasining Ottavadagi elchixonasi va Monrealdagi bosh konsulxonadan 4 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuboramiz. Bu 4 kishi razvedka xizmati xodimlari bo‘lishi mumkin, ular Kanadadagi diplomatik maqomidan foydalanib, mamlakatimiz xavfsizligiga va bizning demokratiyamizga tahdid solishi mumkin», — deyilgan Kanada TIV xabarida.

Shuningdek, Xorvatiya va Finlyandiya bir nafardan rossiyalik diplomatga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan.

Buyuk Britaniya qo‘shib hisoblanganda, Rossiya diplomatlarini o‘z hududidan chiqarib yuborgan davlatlar soni 18tani tashkil qilmoqda. Butun dunyo bo‘ylab jami 106 nafar rossiyalik diplomat turli davlatlarda non-grata shaxsga aylangan va o‘z ish joylarini tashlab, Rossiyaga qaytishi talab etilmoqda.

Buyuk Britaniya — 23 diplomat; AQSh — diplomatik missiyaning 48 xodimi va BMT missiyasining 12 xodimi; Ukraina — 13 diplomat; Fransiya — 4 diplomat; Polsha — 4 diplomat; Kanada — elchixona va bosh konsulxonaning 4 xodimi; Litva — 3 diplomat, jumladan, 2 harbiy attashe; Daniya — 2 diplomat; Italiya — 2 diplomat; Niderlandiya — 2 diplomat; Germaniya — 4 diplomat; Chexiya — 3 diplomat; Estoniya — harbiy attashe; Latviya — 1 diplomat va «Aeroflot»ning bir xodimi; Finlyandiya — 1 diplomat; Ruminiya — 1 diplomat; Xorvatiya — 1 diplomat.

Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida 4 mart kuni Britaniya foydasiga ishlagan sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya behush holda topildi. Buyuk Britaniya hukumati bu suiqasd ortida Rossiya turganini ma’lum qilib, Moskvadan izoh so‘radi. Rossiya tomoni esa bu so‘rovni e’tiborsiz qoldirdi, shundan keyin, 14 mart kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 23 nafar rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini e’lon qildi. Rossiya bunga javoban Buyuk Britaniyaning 23 nafar diplomatini vataniga qaytardi. Bir necha kun o‘tib esa Rossiyani YeI elchisi tark etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 515
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 327
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 70
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 36
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 18
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 79
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 127
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 60
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 186
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 201
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 270
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 153
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 97
  • Bo‘limlar