“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:21
ЎЗO‘Z

Korrupsiyaning oldini olishda qanday choralar samara beradi?

18 mar, 14:14 5 535 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Korrupsiyaning oldini olishda qanday choralar samara beradi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Senat a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, tegishli idora va muassasalar rahbarlari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Konferensiyada “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bilan bir qatorda, uning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish jarayonini tezlashtirishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.

Anjuman ishtirokchilari qayd etganidek, mazkur jarayonni yanada jadallashtirish, ko‘zlangan samaraga erishish uchun hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ham oz emas. Jumladan, bu borada “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamiyatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun bugun qabul qilinayotgan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarning sifatini oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish, yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi omillarni o‘rganish asnosida unga qarshi kurashishning aniq chora va mexanizmlarini qo‘llash davr talabiga aylanmoqda.

Konferensiyada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, bunda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralarning ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.

Tegishli vazirlik va mutasaddi idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.

Konferensiyada muhokama etilgan masalalar yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • So'nggi yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 71
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Bo‘limlar