“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 03:58
ЎЗO‘Z

Senat majlisida DXX, to‘ylar va 500 so‘mlik tangalar masalalari ko‘rib chiqiladi

17 mar, 18:45 7 624 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Senat majlisida DXX, to‘ylar va 500 so‘mlik tangalar masalalari ko‘rib chiqiladi Foto: Oliy Majlis Senati
2018 yil 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev olib bordi.

Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisini joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini izchil ijro etishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan masalalar kiritilmoqda.

«Davlat mukofotlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri), «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi (yangi tahriri), «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi, «Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, yalpi majlisda senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining bir qancha qonunlarini ko‘rib chiqadilar.

Shuningdek, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman) 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017 yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.

Shu bilan bir qatorda, Kengash a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50 (ellik), 100 (yuz), 200 (ikki yuz) va 500 (besh yuz) so‘mlik tangalar chiqarish to‘g‘risidagi taklifi, ularning namunalari va dizayni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Senat Kengashi o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 135
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 34
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 219
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 88
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 34
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar