“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 07:48
ЎЗO‘Z

Or-nomusni pulga sotmang!

16 mar, 00:05 5 694 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Or-nomusni pulga sotmang! Har bir millatning o‘z madaniyati, urf-odatlari, turmush tarzi bo‘lgani kabi, o‘zbek millatining madaniyati butun dunyo havas qiladigan darajada buyuk va moziy sarhadlari ham beqiyoslir. Azal-azaldan o‘zbeklar qalbida bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi o‘lmas xislatlar kurtak otib kelgan. Biroq guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi bizning oramizda ham odamni uyaltirib qo‘yadigan vaziyatlar sodir bo‘layotgani achinarli hol. Ko‘cha-ko‘yda, chorrahalarda, odam gavjum bozorlarda, odamning kayfiyatini tirriq qilib, poytaxtimiz ko‘rkini buzib, millatimiz sha’nini bukib tilanchilik qilib o‘tirgan erkagu ayollar, ba’zan norasida go‘daklarga ko‘zingiz tushganmi? To‘g‘ri, hozirga kelib, ular ancha kamaygan. Ammo ora-sira uchrab turadi.

Tilanchilik va sadaqa so‘rash lo‘li millati vakillariga xos bo‘lib, ajdodlaridan meros qolgan bu odat ularning tirikchilik manbaiga aylangan. Ko‘p joylarda bu haqda eshitganmiz, ko‘rganmiz. Ammo bugungi kunda ba’zi to‘rt muchasi sog‘ bo‘lgan o‘zbek ayollarining mashina serqatnov yo‘llarda, katta chorrahalarda mashina haydovchilaridan pul so‘rab turishlari, avtobus bekatlarida sadaqa so‘rab kezishlari ko‘ngilni xijil qiladi. Ularni ko‘rib, bir g‘azabingiz toshadi, “nega?” degan savol tug‘iladi.

Birovning qo‘liga qarashdan yomoni yo‘q
— Erimdan ayrilib to‘rt bola bilan beva bo‘lib qoldim. Ikkinchi bor turmushga chiqdim. Turmush o‘rtog‘im bolalarimni sig‘dirmadi. Yolg‘iz onaman, bolalarimga rahmim kelib, ikkinchi erim bilan ham ajrashdim. Hozir Toshkent viloyatidagi bir tadbirkor fermerning yerida ishlayapman, — deydi surxondaryolik G. ismli ayol. — Farzandlarim menga har jihatdan suyanchiq, ayol boshim bilan tunda dalaga suv qo‘yaman, kunduzi chopiq qilaman. Xudoga shukr, mehnatimning ortidan kam bo‘lmadim. Meni qadrlashadi, hurmat qilishadi. Eng muhimi, farzandlarimga halol luqma yedirayapman, nasib qilsa, to‘ylar qilish niyatim bor.

Ko‘chadagi tilanchi ayollarga munosabatim haqida gapiradigan bo‘lsam, mehnat qilmasdan tamagirlik bilan birovning qo‘liga qaragan odamning hech qachon kosasi oqarmaydi. Ertaga uning farzandlari ham jamiyat uchun keraksiz kishi bo‘lib voyaga yetadi. Axir ayolmiz, halol mehnat qilsak, o‘qisak, kelajakda birorta faoliyat bilan shug‘ullansak, albatta, e’zoz topamiz.

Topgan puliga aroq olib ichdi…
— Bozorda ishlaganim bois tilanchi ayollarni har kuni ko‘raman. Ularning holatidan jahlim chiqadi. Ularga qarata: “Mana, men ham ishlayapman, senga o‘xshagan ayolman, hech yerim kamayib qolgani yo‘q, tani-joning sog‘, ishlab pul top”, deya bot-bot ta’kidlayman. Ammo bu urinishlarim ko‘pincha samarasiz kechadi. Bir kuni shunday ayollardan biri kech payti, tilanib topgan puliga aroq sotib olib ichayotganini ko‘rdim. Atrofida kichik yoshli o‘g‘li mo‘ltirab nima qilishini bilmay, sarson tentirardi. Yoniga borib bir-ikki do‘q urdim. “Nima qilay, erim pul topmaydi, har kuni uradi, yuragim siqilib ketdi”, deb yig‘ladi.

“Shunaqa qilib yuraversang battar qashshoqlashib ketasan, hech qachon ko‘karmaysan, undan ko‘ra borib ering bilan jiddiy gaplash, birorta ish bilan shug‘ullaninglar”, dedim. O‘sha ayolni boshqa ko‘rmadim. Atrofga nazar solsak, halol mehnat qilib pul topayotganlar qancha? Demak, ko‘p narsa insonning o‘ziga bog‘liq.

“Tuppa-tuzuk ayol…”
— Bularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsang darrov yuzingga sapchiydi. Bel og‘ritmasdan non topishga yomon o‘rganishdi. Eng yomoni, ko‘pchiligining beti qotib ketgan. Bilsangiz, ba’zi lo‘lilar bozorda gul, meva-cheva, sabzavotlar sotib o‘tirishibdi. O‘zimizning o‘zbek ayollar tilanchilik qilib o‘tirganini ko‘rib, ichim kuyib ketadi. Bir kuni svetoforda tursam, bir ayol kelib, qo‘lini cho‘zdi. To‘rt muchasi sog‘lom, tuppa-tuzuk ayol, ishlasa hammayoqni gullatadi, atay pul bermadim, kutilmaganda yuzimga bezrayib qarab, “Pul bermasang, betingga tuflayman”, dedi. Mana, sizga “madaniyat”. Shundaylari borki, tanbeh bersang, kaltaklab ketishdan ham tap tortmaydi. Bundaylarga nisbatan chora ko‘rish lozim, deb o‘ylayman.
Farruh Turdiyev, haydovchi.


Erkaklarga bog‘liq
— Ayol kishining ko‘chaga chiqib tilanchilik qilishiga, sadaqa so‘rab kun o‘tkazishiga eng birinchi aybdor — bu uning eri deb o‘ylayman. Sababi ayol oilada birinchi navbatda turmush o‘rtog‘iga suyanadi, undan mehr, e’tibor kutib yashaydi. Turmushda yetishmovchilik bo‘lgandan so‘ng majbur ko‘chaga chiqib tilanchilik qiladi. Istaymizmi-yo‘qmi, o‘zbek oilalarida qiz bolaning baxtli bo‘lib ketishi atrofdagilarga har jihatdan bog‘liq. Oson yo‘l bilan tilanchi bo‘lib pul topgan ayol ertaga yanayam ko‘proq topishni istaydi. (Afsuski, boshqa yo‘llarga ham kirib ketishi mumkin!) Bora-bora bunga ko‘nikib qoladi. Nazarimda bunday illatga qarshi kurashishda eng avval erkaklarimizning ma’naviy ongini o‘stirishimiz lozim.
Yulduz Aliyeva, hamshira.


“Sadaqa raddi balo”mi?
O‘zimizga xos urf-odatlarimiz borki, ularni har doim ko‘z qorachig‘imizdek asrab-avaylaymiz. Ayniqsa, xonadonimiz eshigini biron-bir inson taqillatib kelsa, albatta, qarshisiga chiroyli salom-alik, hurmat-e’tibor bilan peshvoz chiqamiz. Bolaligimizda mahallamizga So‘fi devona kelsa, uning atrofida biz bola-baqralar parvona bo‘lib, bobomiz, buvimizga darhol kelganini yetkazardik. Yoshi kattalar: “Sadaqa raddi balo” deya, atagan nazirlarini savob yo‘lida xayr-sadaqa qilib, duolar qilishardi. Shu-shu, bu hayotiy manzara mening hayotimda ham yaxshi fazilatga aylanib bordi.

Bir kuni uyimizga to‘lachadan kelgan barvasta bo‘yli, ko‘rinishi tuppa-tuzuk bir ayol xayr-ehson qilishimizni so‘rab keldi. Ayolga rahmimiz kelib, pul berib yubordik. Bora-bora o‘sha ayolning bunga o‘xshash tashrifining keti uzilmay qoldi. Keyin bu ayolni boshqa joylarda ham ko‘p uchratadigan bo‘lib qoldim. Ayol bu ishni o‘ziga kasb qilib, sadaqa so‘rab pul topish yo‘lini izlaganlardan ekan. To‘g‘ri, ko‘cha-kuyda, jamoat joylarda ba’zan shunday ayollarni uchratib qolsak, jismi-tani sog‘ bo‘la turib, nega tilanchilik qilishdan uyalmasikin, deya munosabat bildiramiz. Ehtimol, tog‘ni tolqon qilguvchi barzangiday eri uyda poylab qolgandir, degan fikr ham miyamizda chaqmoqdek chaqnaydi. Oilasini, bola-chaqasini shu yo‘sinda boqayotgan, xotinining ortidan kun ko‘rayotgan erkakni kim deb atash mumkin?! Bu sharmisorlikdan ko‘ra, imon-insof bilan yashashsa bo‘lardi.

Bizning Sharq ayollari azaldan ibo-hayo, andishaliligi bilan ajralib turishadi. Ayollarimiz umrimiz nurafshoni ekan, ularning sha’nini hamisha ulug‘lab, qadrlab, e’zoz etaveraylik.
Sherzod Dehqonov, jurnalist.


Imkoniyatlar eshigi ochiq
Tilanchilik — bizning millatimizga xos bo‘lmagan illat deb o‘ylayman. Uch bolam va nosog‘lom erim bilan toshdek qattiq turmushning og‘ir kunlarida ham halol mehnat qilib, halol rizq topib yashaganmiz. Ayollarning tilanchilik qilishiga asosiy sabab, umidsizlik, xafsalasizlik va mehnatdan qochish bo‘lsa kerak. Farovon turmushni niyat qilgan, kelajakdan orzu-umidlari katta bo‘lgan inson hech qachon bunday yo‘lga kirmaydi. Tilanchi onadan tarbiya topgan farzandlar ertaga birovlarning ko‘magisiz o‘z yo‘lini topolmaydigan noshud, notavon bo‘lib ulg‘ayadi. Nohalol yo‘l bilan topilgan pulning barakasi ham bo‘lmaydi. Ayollarimiz ulkan imkoniyatlar asrida faollikni qo‘ldan boy bermay, yaxshi joylarda ishlashlarini istardim. Hukumatimizning qo‘llab-quvvatlovi kuchli, imkoniyatlar eshigi esa doimo ochiq.
Dilfuza opa, ishchi.


Halolidan qo‘ymasin
— Men ishonch bilan aytamanki, sadaqa so‘rashning o‘zi ayollarga xos bo‘lmagan odat, o‘ta tuban illat. Bu Ollohning sinovlari qarshisida osongina yengilish, noto‘g‘ri so‘qmoqdan yurish deb o‘ylayman. Sog‘liq va xotirjamlik — eng katta boylik. Ana shu boyligini yo‘qotganlar ko‘chaga chiqib o‘z tanasini sotishdan ham qo‘rqmaydi. Nomusini pulga sotish ham tilanchilik bilan barobar, sadaqa so‘rash illati iffatini oyoqosti qilish bilan teng. Negadir ko‘pchilik bunga befarq bo‘lib boryapti. Menimcha, bunga hammamiz qarshi kurashishimiz kerak.
Gulsara opa, oshpaz.


Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Hazrati inson” nomiga sazovor bo‘lib yashash hammaga nasib etsin. Hayotda “umid” deya atalmish ulkan qalb amrini o‘zgalar qo‘lidan keladigan minnatli sadaqaga tikkan umidsiz, chorasiz ayollarga yo‘l ko‘rsataylik. Ataylab shu yo‘ldan ketayotganlarga esa jazoli musibatlar shaxd turibdi. Zero, inson harakatda bo‘lish, mehnat qilish uchun yaratilgan. Zohiran va botinan ulug‘ qadriyatlarimiz komilligi uchun birlashaylik!
Mansurbek RO‘ZIYeV,
Dostonbek RAHMATULLAYeV.

Manba: Tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 87
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 312
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 140
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 0
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 1
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 8
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 12
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 121
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 65
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 28
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 36
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 200
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 139
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 128
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 45
  • Bo‘limlar