“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:25
ЎЗO‘Z

«Ota ko‘rdi», «quda chaqirdi», «pul qistirish», «Love story» kabi holatlar taqiqlanmoqda

15 mar, 19:05 7 734 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Ota ko‘rdi», «quda chaqirdi», «pul qistirish», «Love story» kabi holatlar taqiqlanmoqda Foto: «Olx.uz»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori muhokamaga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu qaror bilan tasdiqlanadigan «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga ko‘ra, oilaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagicha:

— to‘y-hashamlar soat 10:00 dan 23:00 gacha, osh berish marosimlari soat 12:00 dan 15:00 gacha o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

— to‘y-hashamlarda 150 nafargacha, osh berish marosimlarida 200 nafargacha kishi qatnashadi.

— dafn etish va motam marosimlarida cheklanmagan miqdorda fuqarolar ishtirok etishi mumkin, osh berish marosimlari bundan mustasno.

Shuningdek, oilaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagi talablarga rioya etilishi shart:

— nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan 2 tadan ko‘p bo‘lmagan yengil avtomashinadan foydalanish;

— oilaviy tadbirlarda pullik avtotransport xizmati faqat litsenziyaga ega bo‘lgan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishi;

— milliy urf-odat va an’analarni mensimaslik, shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;

— mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazmaslik, jamiyatda shakllangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish.

Eng muhimi, oilaviy tadbirlarda litsenziyalanadigan faoliyat turidan foydalanilgan taqdirda, litsenziyali xizmat ko‘rsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘yxona, kafe, restoran ma’muriyatiga va ushbu xizmatdan foydalanuvchilarga bu kabi xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyaning nusxasini taqdim etadi. Litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga oilaviy tadbirlarda xizmat ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, xalqimizning milliy an’analariga yot bo‘lgan, ortiqcha vaqt va xarajat talab qiladigan oilaviy tadbirlardan oldingi, tadbir vaqtidagi va keyingi qo‘shimcha, ya’ni «tanishuv», «sep yoydi», «quda tanish», «ota ko‘rdi», «ota keldi», «charlari», «quda chaqirdi», «kuyov chaqirdi», «kelin chaqirdi», «kuyov navkari», «kelin navkari», «kelin salom», «tog‘ora yuborish» va shu kabi boshqa tadbirlarni o‘tkazish man etiladi. Shuningdek, «pul qistirish», «pul sochish», odobsiz shoular, «sevgi tarixi» («Love story») kabi axloq-odobga zid bo‘lgan boshqa holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dafn etish va motam marosimlari bilan bog‘liq milliy qadriyatlarimiz va muqaddas dinimiz qoidalariga zid bo‘lgan ortiqcha tadbirlarni o‘tkazish man etiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasi o‘zgarishi, rad etilishi yoki tasdiqlanishi mumkin.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar