“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:15
ЎЗO‘Z

Yangi tartib: 5000 AQSh dollari miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani chetga olib chiqish soddalashtirildi

15 mar, 00:23 5 045 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yangi tartib: 5000 AQSh dollari miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani chetga olib chiqish soddalashtirildi Yangi tartibga muvofiq, jismoniy shaxslar - rezidentlar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bunga qadar mazkur ruxsatnoma faqatgina Markaziy bank tomonidan berilar edi.
huquqiyaxborot kanali malum qilishicha, endilikda ruxsatnoma olish uchun jismoniy shaxslar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga tegishli hujjatlarni topshiradi.

Xususan, ruxsatnoma olish uchun topshiriladigan naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlashtirildi.

Ushbu hujjatlar toifasiga ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxsning bankda ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi kiritildi.

Ruxsatnomani berganlik uchun jismoniy shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz orqali tanishishingiz mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar