“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:20
ЎЗO‘Z

Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va gerbi bilan tanishing

14 mar, 22:58 13 101 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va gerbi bilan tanishing O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari ham tasdiqlangan edi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘ining tavsifi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘i barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi to‘q ko‘k rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.

Bayroq markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘ining uzunligi — 250 sm., eni — 125 sm.

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi – geraldik belgi tavsifi


Geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi to‘q ko‘k rangli aylana tasmasi bo‘lgan kumush rang doiradan iborat.

Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastki qismida: «DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI» deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik ma’nosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.

Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi cho‘zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak ko‘rinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi to‘g‘ri chiziqlar tortilgan.

Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta xalqa tasvirlangan.

Qalqon ortida simmetriya o‘qi bo‘yicha tig‘i pastga yo‘naltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, sha’n, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.

Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita xalqadan iborat bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.

Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 170
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar