“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 19:34
ЎЗO‘Z

Ro‘ziqul Berdiyev: "Albatta, Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik"

12 mar, 21:35 3 844 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ro‘ziqul Berdiyev: "Albatta, Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik" Ro‘ziqul Berdiyev: - Bo‘lajak o‘yinga tayyormiz. Raqibni yanada yaqinroq o‘rgandik. Ertaga nafaqat yaxshi natija uchun, balki chiroyli o‘yin ko‘rsatishga ham harakat qilamiz. Biz guruhda kuchli raqiblarga duch keldik, ammo orqada qolishni istamaymiz.

Ertaga bo‘ladigan o‘yinda ikkala jamoaga ham uch ochko zarur. G‘alaba qozonishimiz uchun hujum qilishimizga to‘g‘ri keladi. Lekin himoyani unutmasligimiz kerak. Chunki raqibimizning hujum chizig‘i juda kuchli shakllangan. Biz agar ertaga ochiq o‘yin namoyish qiladigan bo‘lsak, ularga oson bo‘lishi mumkin. Shundan kelib chiqib bo‘lajak o‘yinga reja tuzganmiz.

Takror aytaman guruhimizda kuchli jamoalar yig‘ilishgan. Hozir uchta jamoa bir xil, ya’ni olti ochkoga ega. “Al Vasl” jamoasi uchta mag‘lubiyatdan so‘ng, imkoniyatini pasaytirib yubordi. O‘ylaymanki, guruhdan chiqish uchun kurash mana shu uch jamoa o‘rtasida kechadi. Bu ham bo‘lsa taxmin, aslida bo‘lajak o‘yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi.

Dragan Cheran? Dragan Cheran ertaga bo‘ladigan o‘yinga tayyor, u bizga albatta yordam beradi.

Albatta biz Xaviga qarshi o‘ynashni uzoq kutdik (kuladi). Uni muxlislarimiz ham Qarshida kutishdi. Futbolchilarimiz ham unga qarshi o‘ynashni ishtiyoq bilan kutishayapti. Tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun bu quvonchli voqea bo‘lardi.

Aziz G‘aniyev: - Biz ertaga bo‘ladigan o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Raqibimizning qanday o‘yin ko‘rsatishi bizga ma’lum. “Al Sadd”ning kuchli hujumchilari bor. Biz raqibimizni hurmat qilgan holda ijobiy natijani qo‘lga kiritishga urinamiz. Muxlislarimiz bizdan shuni kutishmoqda.

Xaviga qarshi o‘ynash? Xavidek futbolchiga qarshi o‘ynash har bir futbolchi uchun sharaf. Biz Xavini Qarshida kutgan edik. Ammo u kelmadi. Takror aytaman, raqibimiz safida kim o‘ynashidan qatt’iy nazar, biz ertaga ijobiy natijani qo‘lga kiritish uchun o‘ynaymiz.


Manba: www.fcnasaf.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 15
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 455
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 54
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 224
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 0
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 1
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 81
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 30
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 123
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • Bo‘limlar