“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 02:18
ЎЗO‘Z

Haqiqiy sariyog‘ qanday bo‘lishi kerak?

12 mar, 09:38 9 825 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haqiqiy sariyog‘ qanday bo‘lishi kerak? Ba’zilar sariyog‘ni tarkibida xolesterin borligi uchun zararli mahsulot deb hisoblab, iste’mol qilishni cheklashadi. Ammo xolesterinni me’yorida qabul qilish organizm uchun foydali hisoblanadi, shu bois ham me’yorida iste’mol qilingan sariyog‘ salomatlik uchun zarur bo‘lgan ozuqalardan biri hisoblanadi. U ayniqsa oshqozon uchun juda muhim. Sariyog‘ oshqozon devorlarini moylab, gastrit yoki me’da-ichak yo‘llarining boshqa kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga yaraning tezroq tuzalishida yordam beradi. Bu uning tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini borligi tufayli yuz beradi. Shuningdek, sariyog‘ tarkibida katta miqdorda A, B, C, D, E vitaminlari mavjud. Ular bizning teri va sochlarimiz go‘zalligiga javobgardirlar. Bu vitaminlarning yetishmasligi esa salbiy oqibatlarga olib keladi.

Oltin me’yor!

Bu mahsulotni bir kunda 30 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini unutmang.

Hozirgi kunda qadog‘ida “sariyog‘” deb yozilgan hamma mahsulotni ham sariyog‘ deyolmaymiz, to‘g‘rimi? Biz bekalar biror turdagi shu mahsulotdan xarid qilamiz-u somsa yoki biror shirinlik tayyorlamoqchi bo‘lib, uni eritganimizda, sariyog‘dan ko‘ra ko‘proq suv ajraladi. Demak, haqiqiy sariyog‘ tanlashda adashmaslik va unga sarflanayotgan pulimizni havoga uchirmaslik uchun qanday yo‘l tutmoq kerak? Menimcha, quyidagi maslahatlarga amal qilsak, ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz va bizni aldamoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga qarshi tura olamiz, deb o‘ylayman.

Tarkibi nimalardan iborat?
Sariyog‘ tarkibi pasterizatsiyalangan sut/qaymoqdan iborat bo‘ladi. Tamom! Ba’zan esa qo‘shimcha tariqasida shakar yoki tuz aralashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Bilib qo‘ying — sariyog‘ shirin qaymoqli yoki nordon qaymoqli bo‘lishi mumkin (ya’ni uning turlari). Bu o‘z navbatida shirin va nordon ta’mli sariyog‘ ekanligini anglatadi.

Aksincha, sariyog‘ bo‘lmagan, ya’ni margarin tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘simlik yog‘i, yog‘siz yoki quritilgan sut, shakar, tuz, konservant, aromatizator, iste’mol bo‘yoqlari.

Bilib qo‘ying!
Bir bo‘lak sariyog‘ni issiq suv quyilgan chuqurroq idish ichiga soling. Agar mahsulot bir tekis bo‘lib erisa — demak, qarshingizda haqiqiy sariyog‘!

Ammo mahsulot bo‘laklarga bo‘linib, parchalanib ketsa — demak, o‘simlik yog‘idan tayyorlangan va u sariyog‘ emas.

Haqiqiy sariyog‘:
Yorqin sarg‘ish va to‘q sarg‘ish rangda bo‘ladi, ammo rangi bir tekis bo‘ladi.

Yana bir tajriba
Sariyog‘ni xona haroratida stol ustida qoldiring. Agar mahsulot yuzasida yirik suv tomchilari hosil bo‘lsa, demak, qarshingizda qalbaki sariyog‘ turibdi.

Unutmang!
Aksariyat sariyog‘larda hid bo‘lmaydi. Agar sariyog‘dan judayam kuchli hid kelayotgan bo‘lsa(yoqimli ifor bo‘lsa-da) demak, unga aromatizatorlar qo‘shilgan.

Shuningdek, asl sariyog‘ni bo‘lganingizda yoki nonga surtganingizda, tabiiy sutdan tayyorlangan sariyog‘ uvalanmaydi.

Manba: Tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 199
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 306
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 161
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 280
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 147
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 171
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 43
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 85
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 32
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 39
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 49
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 76
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 153
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 129
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 82
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Bo‘limlar