“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:52
ЎЗO‘Z

Shifoxonada yostiq o‘rniga uning kesib tashlangan oyog‘i berildi (video)

12 mar, 00:04 5 104 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifoxonada yostiq o‘rniga uning kesib tashlangan oyog‘i berildi (video) Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi shifoxonalardan birida oyog‘i kesib tashlangan bemorga yostiq o‘rniga uning kesilgan oyog‘i berildi. Ushbu holat videosi tvitterda joylashtirildi. Videoda oyog‘i tizzasi pastidan kesilgan erkak kushetkada tomizg‘ich (kapelnitsa) ostida yotganini, uning kesib tashlangan oyog‘i esa boshi ostiga qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, ushbu voqea Jxansi shahridagi davlat tibbiyot kolleji qoshidagi shifoxonada yuz bergan. Shifoxonada ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan va u o‘tkazilishi vaqtida voqeaga aloqador 2 shifokor vaqtinchalik chetlatilgan. Maxsus komissiya aynan kim bemor boshiga ostiga uning oyog‘ini qo‘yganini aniqlashi kerak. Agar shifokorlar aybdor bo‘lsalar, ularga nisbatan jiddiy choralar ko‘riladi.

Shu bilan birga bemorning yaqinlari va shifokorlar versiyalari farq qilmoqda. Shifokorlarning aytishicha, yo‘l-transport hodisasida jabrlangan Gxanshyam ismli erkakka shifoxonada shoshilinch yordam ko‘rsatilgan. Shundan keyin shifokor bemor boshi ostiga qo‘yishga narsa qidira boshlagan va bemorning yaqinlaridan biri uning kesilgan oyog‘ini qo‘llashga qaror qilgan. Bemor yaqinlarining aytishicha esa, oyoqni erkak boshi ostiga shifokorlar qo‘yishgan va uni yostiq bilan almashtirishdan bosh tortishgan. Natijada bemorning yaqinlari bozordan yostiq sotib olishgan.

Erkakning oyog‘i yo‘l transport hodisasi oqibatida uzilib ketgani yoki shifokorlar uni olib tashlashga majbur bo‘lganlari borasida ham aniqlik kiritilmagan.

200 mlndan ko‘proq odam yashaydigan Uttar-Pradesh Hindistonning eng nochor shtatlaridan biri hisoblanali. Ta’kidlanishicha, bu yerda shifoxonada kichik davolanishni ham ancha uzoq kutishga to‘g‘ri keladi, tibbiy mas’uliyatsizlik esa keng tarqalgan hodisadir.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 0
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar