Saudiya Arabistoni aholisi va mehmonlari ushbu mamlakatda kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladigan tabiat hodisasidan hayratga tushishdi – ushbu o‘lkada ham qor yog‘di, deya xabar bermoqda Darakchi nashri.
Mamlakatga sovuq kelishi bilan qum barxanlari qor bilan qoplandi.
Saudiya Arabistonining ba’zi hududlarida havo harorati minus uchdan ham tushib ketdi.