“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:41
ЎЗO‘Z

Yulduz Usmonova Tojikistonda! Xonandaning 10 martdagi konserti bekor qilindimi?

09 mar, 15:02 7 991 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yulduz Usmonova Tojikistonda! Xonandaning 10 martdagi konserti bekor qilindimi? Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan 9-10 mart kunlari Tojikiston Respublikasida bo‘ladi. Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 mart kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga yetib bordi.

8 mart kuni tunda O‘zbekistonning 100 dan ziyod taniqli san’atkorlari ikki mamlakat davlat rahbarlarining uchrashuvlari munosabati bilan qabul marosimida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo‘nab ketgan edilar. Ular orasida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham bor.

Ma’lumki, ertaga, 10 martdan e’tiboran Yulduz Usmonovaning “Istiqlol” san’at saroyida 15 kunlik konsert dasturiga start beriladi. Xonanda esa Tojikistonda.

Tahririyatimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga xonandanig konserti birinchi kuni qoldirilishi bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi. Odamlar orasida tarqalayotgan gap-so‘zlarga qaraganda, Yulduz Usmonova 11 mart kuni O‘zbekistonga qaytadi. Shu bois 10 mart kundagi konsert bekor qilingan.

Ortiqcha shov-shuvga hojat yo‘q. Xonandaning konserti rejadagidek, 10 martdan boshlanadi. Yulduz Usmonova bugun Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan qabul marosimida ishtirok etib, ijodiy jamoasi bilan Toshkentga qaytib keladi. 10 martga rejalashtirilgan konsert esa qoldirilmagan.

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston va Tojikistonning taniqli san’atkorlari ishtirokidagi konsertga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 292
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar