“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi

05 mar, 20:10 4 936 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Polvonlarimiz Osiyo chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur musobaqada sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta oltin, beshta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda 63 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Yelmurat Tasmuradov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Rustam Assakalov, Mo‘minjon Abdullayev kumush, Islom Bahromov, Mirzobek Rahmatov, Aram Vardanyan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ayollar kurashida 59 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nabira Yesenbayeva shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Erkin kurash bellashuvlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov hamda Davit Modzmanashvili o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi.

Finalgacha bo‘lgan uchrashuvlarda zafar quchgan Mahmudjon Shavkatov va Rashid Qurbonov terma jamoamizga kumush medalni keltirdi.

O‘z vazn toifasida Abbos Rahmonov, Temur Usmonoxunov, Aziz Soliyev uchinchi pog‘onani egalladi.

Chempionat yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 1
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 1
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 7
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 42
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 280
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 0
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 1
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 0
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 154
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 42
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 193
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 212
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • Bo‘limlar