“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 10:52
ЎЗO‘Z

Yosh bolali oilalarga moddiy yordam beriladimi? Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?

02 mar, 18:11 5 452 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yosh bolali oilalarga moddiy yordam beriladimi? Bu qanday tartibda amalga oshiriladi? Aholini qiziqtirayotgan savollarga javob berib borish maqsadida agentligimiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Quyida bolali oilalarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga oid masalalarga oid savollarga javob topasiz:

Savol: Nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam qanday oilalarga va qachondan boshlab to‘lanadi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi.

Bunday moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga (yashab turgan mahallasiga) murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.

Savol: Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati qancha?
Javob: Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam 6 oy muddatga, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – 12 oyga tayinlanadi. Biroq bu bola ikki yoshga to‘lgan oydan keyingi oyga o‘tmasligi kerak. Bundan tashqari, agar tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan ikki va undan ortiq bola parvarish qilinsa, u holda bola parvarishi bo‘yicha nafaqa kichik bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bir baravar miqdorda to‘lanadi.

Savol: Belgilangan muddat tugagandan keyin ham bola parvarishi bo‘yicha nafaqa olish mumkinmi?
Javob: Nomi zikr etilgan qarorga ko‘ra, bola parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal etish uchun belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig‘iniga takroran murojaat etish huquqiga ega.

Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: O‘zA



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash tartibi va miqdori 01 mar, 14:06
  • 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha? 31 yanv, 16:30
  • 1 fevraldan ish haqi va pensiyalar 7 foizga oshadi 31 dek, 10:49
  • Uchtalik egizak tug‘ilgan oilalarga yordam masalasida jiddiy taklif ilgari surish fursati kelmadimi? 24 iyun, 06:43
  • Aholiga ijtimoiy yordam berish avtomatlashtiriladi 24 apr, 11:10
  • Nonning narxi oshmoqda: kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga oylik kompensatsiya toʻlanadi 15 sen, 08:31
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi? 18 apr, 10:23 0
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 65
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 176
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 251
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Bo‘limlar