“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi

01 mar, 15:16 5 541 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tilla tangalarni O‘zbekistondan olib chiqishga bo‘lgan urinishni bartaraf etdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

“Toshkent—Moskva” reysi bo‘yicha parvozga otlangan fuqaro N.F. bojxonadan qizil yo‘lak orqali o‘tayotib, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham yonida olib chiqish taqiqlangan tovarlar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Ammo unga tegishli yuklarning nazorat-rentgen apparatidagi shubhali tasvirlari buni tasdiqlamagan. Shundan so‘ng yuklar xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganda, ushbu shaxs nonlar orasiga bekitgancha umumiy og‘irligi 8,6 gramm bo‘lgan 2 dona tilla tangalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganligi fosh bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi xulosasiga ko‘ra, ushbu tangalar XIX asrning oxirlarida Chor Rossiyasida zarb qilingan tanglarning asli emas, balki nusxasi bo‘lib chiqdi. Shunga qaramay, tangalar xarakteristikasida numizmatika predmetlari bo‘lganligi sababli ularni olib chiqishdan avval badiiy ekspertizaga taqdim etish lozim edi. Mazkur tangalarning taxminiy bahosi 3 million 220 ming so‘mga baholangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 226
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar