“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 16:25
ЎЗO‘Z

2017 yilda milliarderlar 437 nafarga ko‘paydi

28 fev, 20:17 4 785 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2017 yilda milliarderlar 437 nafarga ko‘paydi 2017 yilda butun dunyoda milliarderlar 437 nafarga ko‘payib, 2694 nafarga yetdi. Bu esa yangi rekorddir, deb ma’lum qilindi “Xujun” (Hurun Research Institute) tadqiqot institutining hisobotida. Ushbu tashkilot har yili dunyodagi eng badavlat odamlar ro‘yxatini tuzadi.

Hisobotga ko‘ra, dunyodagi eng boy odam sifatida Amazon.com asoschisi Jeff Bezos e’tirof etildi, uning boyligi 123 mlrd dollarga baholangan. 2-o‘rin Berkshire Hathaway rahbari, amerikalik tadbikor, 102 mlrd dollar sohibi Uorren Baffetga berildi. Microsoft asoschisi Bill Geyts 90 mlrd dollar bilan 3-o‘rinni, Facebook rahbari Mark Sukerberg 79 mlrd dollar bilan 4-o‘rinni egalladi.

Yetakchi o‘ntalikka Nyu-Yorkning sobiq meri, Bloomberg axborot agentligi egasi Maykl Blumberg ham kirgan, uning boyligi 49 mlrd dollarga baholangan.

Xitoy bir mamlakatda yashovchi milliarderlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda va uning bu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqa davlatlardan oldinlab ketishi borgan sari kattalashmoqda. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 571 milliarder yashaydi, Xitoyda esa (Hongkong, Makao va Tayvan ham kiradi) o‘tgan yilga 210 nafar ko‘proq – 819 milliarder qayd qilingan. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy va AQSH hisobiga dunyodagi barcha milliarderning yarmidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Milliarderlar poytaxti deb ataluvchi Pekinning o‘zida 131 milliarder yashaydi, Nyu-Yorkda esa ularning soni 92 nafarni tashkil qiladi.

Ayni vaqtda Xitoy va Osiyoning eng boy odami Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Poni Ma (Ma Xuaten) hisoblanadi, uning boyligi 47 mlrd dollarga yetdi. O‘tgan yil Hindiston uchun ham yomon kechmadi, u 131 milliarder bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4-o‘rinni 118 nafar milliarder bilan Buyuk Britaniya, 5-o‘rinni 114 nafar milliarder bilan Germaniya egallamoqda.

Rossiyada ayni vaqtda 71 milliarder, xususan Moskvada 62 milliarder yashamoqda va u bu borada 7-o‘rinni egallamoqda. Tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik milliarderlar uchun eng serdaromad sohalar energetika va metallurgiya bo‘lib qolmoqda. “Xujun” versiyasiga ko‘ra, eng boy rossiyalik “Severstal” bosh direktori Aleksey Mordashev hisoblanib, uning boyligi 20 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, barcha milliarderlarning 15 foizini ayollar tashkil qiladi, ularning ulushi 2016 yilgi darajada qolgan bo‘lsa-da, soni 152 nafardan 184 nafargacha ko‘paygan. Dunyodagi eng boy ayol Wal-Mart do‘konlari asoschisining 68 yoshli qizi Elis Uolton hisoblanib, uning boyligi 48 mlrd dollarga baholangan.

85 milliarderning yoshi 40 dan kichik, ulardan 47 nafari o‘z boyligini mustaqil ishlab topgan. Ro‘yxatdagi eng yosh ayol milliarder norvegiyalik Aleksandra Andresen 21 yoshda bo‘lib, uning boyligi 1,3 mlrd dollarni tashkil qiladi va uni otasidan meros qilib olgan. Eng boy erkak milliarder 27 yoshli amerikalik va irlandiyalik tadbirkor, Stripe to‘lov tizimi asoschisi Jon Kollison bo‘lib, uning boyligi 1,2 mlrd dollarga baholangan.

Reyting 2018 yil 31 yanvargacha bo‘lgan holatni aks ettiradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 25
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 44
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 89
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 137
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 217
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 24
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 43
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 35
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 181
  • Bo‘limlar