“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 05:54
ЎЗO‘Z

Zamonaviy elektr va gaz hisoblagichlar dastlab qaysi hududlarda o‘rnatiladi?

26 fev, 23:43 6 820 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zamonaviy elektr va gaz hisoblagichlar dastlab qaysi hududlarda o‘rnatiladi? Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari shu paytgacha har 4 yilda davlat ko‘rigidan o‘tkazib kelinardi. Endilikda bu jarayon elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida o‘rnatiladigan hisoblagichlar uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan 10 yilda amalga oshiriladi.

Bunda hisobga olish uskunalarini davlat ko‘rigiga topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Majburiy ijro byurosi tomonidan ta’minlanadi.

Xo‘sh, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi dastlab qaysi hududlarda joriy qilinadi?

“O‘zbekenergo” mutaxassisi Samandar Qorayev hamda “O‘ztransgaz” axborot xizmati boshlig‘i Behzod Berdiyev “O‘zA”ga bergan intervyusida bu haqda ma’lumot berishdi.

– Prezident qaroriga muvofiq Fransiyaning “Sagemcom” kompaniyasi va “Toshelektroapparat” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektr energiyasini hisobga olish uskunalari “O‘zbekenergo” tomonidan o‘rnatiladi, – dedi Samandar Qorayev. – Amaldagi hisoblagichlar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanish uchun mos kelsa, foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Aksincha, ular o‘rniga yangi hisoblagichlar o‘rnatiladi. Umuman, eski hisoblagichlarni yangilariga to‘liq almashtirish muddati 2021 yil oxiriga belgilangan. Dastlab Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida, keyingi bosqichda boshqa shahar va qishloq hududlari qamrab olinadi.

– Zamonaviy gaz hisoblagichlar o‘rnatish muddati 3 yilga mo‘ljallangan, – deydi Behzod Berdiyev. – Bu jarayon 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 28 shahar, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent, Qibray va Yangiyo‘l tumanlaridagi xonadonlarga 1 milliondan ortiq uskuna o‘rnatiladi. Keyingi bosqichlarda mamlakat gaz ta’minoti tuman (shahar) filiallariga qarashli aholi xonadonlari qamrab olinadi. Rejaga ko‘ra, zamonaviy gaz hisoblagichlari aholi xonadonlariga “O‘ztransgaz” tomonidan o‘rnatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 82
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 276
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 83
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 52
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 17
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 23
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 152
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 109
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 37
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 191
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 248
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 69
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 162
  • Bo‘limlar